2020-yil ➡️ Dasturlash faoliyatimdagi eng qiyin va muhim yil bo'ldi
➡️ Fevral - Agrobankdan marketpleys qurish uchun buyurtma oldik
➡️ Aprel - ba'zi sabablarga ko'ra loyihani 2 ta junior davom ettirishga majbur bo'ldik
➡️ May - birinchi marta tashqi API lar bilan ishlash Humo va Uzcardni to'g'ridan-to'g'ri ulashga to'g'ri keldi :)
➡️ Iyun - Payme, Click kabi servislarsiz 2 to'lov tarmog'ini ulashga muvaffaq bo'ldim
➡️ Iyul - loyiha dedlayni va ajratilgan budjet tugadi, lekin ish yarmiga ham yetmagandi. Tekinga ishlashda davom etdim
➡️ Avgust - loyihani bank ABS tizimiga ulash umrimdagi eng rasvo tashqi servis bilan ishlash tajribasi bo'ldi
➡️ Sentabr - akamning to'yi, Onam va o'zim COVID bilan kasallanganimiz stress darajasini pikka olib chiqdi
➡️ Oktabr - to'y o'tdi. ABSga ham bir amallab ulandik
➡️ Noyabr - loyiha bir dunyo kamchilik bilan majburan ishga tushdi. Menejer almashdi va keyingi 4 oyda faoliyatimdagi eng yomon menejer bilan ishlashga majbur bo'ldim
➡️ Dekabr - yana oylik olishni boshladim (norasmiy)
2021-yil ➡️ Yanvar - rasman Agrobankka ishga olindim (shartnoma asosida)
➡️ Fevral - marketing jamoasidan "Rahbariyat loyihaga nisbatan o'tgan yilgi ishonchini to'liq yo'qotdi" degan gap eshitdim. Xuddi hammasiga biz aybdordek
➡️ "Merit" o'quv markazi dasturchilik vakansiyasi uchun suhbatdan o'tdim, lekin chetga o'qishga ketmoqchiligim sabab birga ishlamaslikka qaror qildik
➡️ Mart - eski menejer o'z o'rniga qaytib ko'p narsani o'rniga qo'ydi. Savdolar sekin-asta ko'paya boshladi
➡️ Aprel - "Unicorn" startap akseleratsiyasida qatnashib EventGO loyihasi uchun yaxshigina summada grant yutib oldik
➡️ May -
Chakana.uz ning bir kunlik pul aylanmasi noyabr-fevral oralig'ida bir oyda bo'lgani bilan tenglashdi
➡️ Chetda o'qish rejamni yana bir yilga surdim (batafsil
@Musayev_blogi'da)
➡️ Iyun - EPAMda "Biznes analitika" bo'yicha bir oylik trening o'tagandan so'ng amaliyotchi sifatida ishga kirmaslikka qaror qildim
➡️ Avgust - 2019-yil boshlab keyin qolib ketgan
"Pocket Vocabulary" kitobimni tugatishga kirishdim
➡️ Sentabr-noyabr - asosan chetga hujjat topshirish bilan band bo'ldim
➡️ Dekabr -
Chakana.uz Agrobankning
"Yil loyihasi" deb topildi
2022-yil➡️ Yanvar-mart - bankning boshqa bir loyihasi ustida ishladim. Yii2 rivojlanishidan umidim so'ngani sabab yangi loyihani Laravelda yozishga qaror qildim
➡️ May-iyun - chetga o'qishga ketishim aniq bo'ldi
➡️ Iyul - loyihani boshqalarga topshirib Team Lead sifatida "Smartbank"ning marketpleys qismini qurishni boshladim
➡️ Avgust - Pocket Vocabularyni chop etib, sotuvga chiqardim
➡️ Sentabr - Irlandiyaga kelib Information Systems yo'nalishida o'qishni boshladim. Ishim yarim stavka onlayn davom etdi
➡️ Oktabr - erta kundan keyingi yil uchun ishga topshirishni boshladim. Accenture 2 kunda "reject" berdi
➡️ Dekabr - kutilmaganda Apple suhbatga chaqirdi. Birinchi suhbatdan zo'r o'tdim. Ikkinchisi esa o'xshamadi. System design bo'yicha juda kuchsiz ekanimni bildim
2023-yil➡️ Fevral - Mastercarddan kelgan intervyu taklif xatini o'tkazib yuborishimga oz qoldi. Batafsil
bu yerda➡️ Mart - texnik topshiriq sifatida 3 kunda API yozish berilgan. Laravel bilan "qalpoq" qilib tashlaganman.
Github repository ham bor
➡️ Suhbatdan 24 soat ham o'tmasdan telefon qilib o'tganimni aytishdi. O'sha kuni kechki payt,
Onam tug'ilgan kunida Mastercarddan
offer oldim ➡️ Aprel - Smartbazar MVPsini ishga tushirdik
➡️ May-iyul - diplom ishim Conversational AI mavzusiga oid bo'ldi (texnik emas, biznes tomonlama)
➡️ Sentabr - Mastercardda ish boshladim. Javada kod yozishga qaytdim
➡️ Noyabr-dekabr - umrimda qilmagan ish — rosa unit test yozdim va bu menga yoqdi :)
➡️ Dekabr - Agrobankdagi ishimni to'liq to'xtatdim
2024-yil➡️ Fevral-Mart - Azure Fundamentals sertifikatini oldim. U yerdagi bilimlar Microsoft suhbatida asqotdi
➡️ Iyun - Linkedindan Microsoft rekruyteri yozib qoldi. And the rest
is history :)
2025-yil➡️ Yanvar - Microsoftning Dublin ofisida Software Engineer sifatida ish boshladim
Tanishganimdan xursandman :)#career_path #intro @Janob_Musayev