View in Telegram
Graduate (Launch) Program nima? Intro Irlandiyaga kelganimda juda ko'p — Google, Apple, Microsoft, HP, Accenture va albatta Mastercard kabi yirik va bizda birov tanimaydigan o'rtacha kompaniyalar bakalavr/magistr bitiruvchilari uchun Graduate Programs — Bitiruvchi Dasturlari taklif qilishini bildim. Bitiruvchi Dasturi o'zi nima? Nima qiziq joyi bor? O'z nomidan bilinib turganidek bu dastur universitetni endigina bitirgan va asosan hali ish tajribasiga ega bo'lmagan odamlar uchun bo'lib, u amaliyot (Internship) va to'liq stavka ish (full time Job) o'rtasidagi narsa. Amaliyotdan farqli ravishda bu dasturlar 3-4 oy emas, kamida 1.5 yil davom etadi va rasman to'liq stavka ish hisoblanadi. Lekin bir vaqtning o'zida amaliyot kabi juda ko'p yangi narsalarni ham o'rganishni ham o'z ichiga oladi. Ya'ni dastur davomida kamida 25% vaqtingiz qandaydir kurslar, yangi narsa o'rganish va shu kabilarga ketadi. Bu kabi dasturlarning eng qiziq joyi, ular odatda sizni butun muddat (1.5-2 yil) davomida faqat bitta joyda ushlab o'tirmasdan 3-4 marta komanda almashtirib ko'rish va har xil jamoa va mahsulotlar ustida ishlab ko'rish imkonini beradi. Ba'zilari hattoki boshqa davlatda ham bo'lishi mumkin. Mastercardda bu qanday? Mastercard dasturi Graduate emas, Launch Program deyiladi va u 18 oydan iborat. Yuqorida aytib o'tganimdek, dasturga umuman professional tajriba bo'lmay turib ham kirish mumkin. Va bu holatda u karyerangizda haqiqiy kick-start bo'lib beradi. Dastur 6 oydan 3 ta rotation — jamoa almashtirish imkonini taqdim etadi. Almashinuv ixtiyoriy bo'lib, siz yangi jamoaga o'tishingiz yoki ishlayotgan jamoangizda yana ko'proq qolishni tanlashingiz ham mumkin. Launcherlarni olishda esa Mastercard ancha sahiy/aktiv ekan. Bu yilning o'zida butun dunyoda Mastercard ofislariga 1000 ga yaqin bitiruvchilar ishga olingan, Dublin ofisida aytib o'tganimdek 30 ta atrofida. Dastur o'z ichiga, aytib o'tganimdek, juda ko'p yangi narsalarni o'rganishni ham oladi. Birinchi ikki hafta turli xil tanishtiruv uchrashuvlari (orientation sessions), kichik kurslar va maxsus bootcampdan iborat bo'ldi. Bu esa 2 haftadan keyin ham to'xtab qolmaydi — Launcherlar 18 oy mobaynida Mastercard ichki o'quv platformasida 5 xil turdagi mavzularda (texnik mavzular emas) kamida 21 ta kursni ko'rib tugatishi tavsiya etilgan. Va eng asosiysi shuncha o'qitishgani yetmagandek oylik ham to'lashadi ) Bitiruvchi dasturlarga kirish osonmi? "Ish tajriba talab qilmas ekan" deb xursand bo'lganingiz bilan bu kabi dasturlarga qabul qilinish ham oson emas va rezyumedan tashqari kamida 2 ta bosqich saralashdan (shu qatorda texnik intervyu) o'tish kerak. Albatta, jarayon va intervyular to'liq stavka ishdan ko'ra osonroq bo'ladi, lekin baribir nomzodda kuchli asos, nazariy va amaliy bilim bo'lishi kerak. Bundan tashqari agar sizda ish tajribasi bo'lsa ba'zi dasturlar sizni "overqualified" deb ham olmasligi mumkin. Shuning uchun bu yerda ham bitta variant bilan cheklanib qolmaslik kerak. O'zim umumiy 20 dan ortiq shu kabi dasturlarga rezyume yubordim va faqat 2-3 tasidan javob oldim, 2 tasidan intervyuga o'tdim va bittasiga qabul qilindim. Bu qisqacha (yoki uzuncha) Bitiruv Dasturlari haqida ma'lumotlar edi. Postni do'stlaringizga ulashib qo'ysangizlar, keyinroq saralash va suhbat bosqichi qanday bo'lgani haqida ham yozaman ) #engineeringlife #mastercard P.S: Postni ulashish haqida hazillashmadim. Ikkinchi suhbatim Apple bilan bo'lgan, 1000 ta obunachi bo'lganda u haqida ham yozaman ) Telegram | Linkedin | Shaxsiy blog
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily