Смотреть в Telegram
2020-yil ➡️ Dasturlash faoliyatimdagi eng qiyin va muhim yil bo'ldi ➡️ Fevral - Agrobankdan marketpleys qurish uchun buyurtma oldik ➡️ Aprel - ba'zi sabablarga ko'ra loyihani 2 ta junior davom ettirishga majbur bo'ldik ➡️ May - birinchi marta tashqi API lar bilan ishlash Humo va Uzcardni to'g'ridan-to'g'ri ulashga to'g'ri keldi :) ➡️ Iyun - Payme, Click kabi servislarsiz 2 to'lov tarmog'ini ulashga muvaffaq bo'ldim ➡️ Iyul - loyiha dedlayni va ajratilgan budjet tugadi, lekin ish yarmiga ham yetmagandi. Tekinga ishlashda davom etdim ➡️ Avgust - loyihani bank ABS tizimiga ulash umrimdagi eng rasvo tashqi servis bilan ishlash tajribasi bo'ldi ➡️ Sentabr - akamning to'yi, Onam va o'zim COVID bilan kasallanganimiz stress darajasini pikka olib chiqdi ➡️ Oktabr - to'y o'tdi. ABSga ham bir amallab ulandik ➡️ Noyabr - loyiha bir dunyo kamchilik bilan majburan ishga tushdi. Menejer almashdi va keyingi 4 oyda faoliyatimdagi eng yomon menejer bilan ishlashga majbur bo'ldim ➡️ Dekabr - yana oylik olishni boshladim (norasmiy) 2021-yil ➡️ Yanvar - rasman Agrobankka ishga olindim (shartnoma asosida) ➡️ Fevral - marketing jamoasidan "Rahbariyat loyihaga nisbatan o'tgan yilgi ishonchini to'liq yo'qotdi" degan gap eshitdim. Xuddi hammasiga biz aybdordek ➡️ "Merit" o'quv markazi dasturchilik vakansiyasi uchun suhbatdan o'tdim, lekin chetga o'qishga ketmoqchiligim sabab birga ishlamaslikka qaror qildik ➡️ Mart - eski menejer o'z o'rniga qaytib ko'p narsani o'rniga qo'ydi. Savdolar sekin-asta ko'paya boshladi ➡️ Aprel - "Unicorn" startap akseleratsiyasida qatnashib EventGO loyihasi uchun yaxshigina summada grant yutib oldik ➡️ May - Chakana.uz ning bir kunlik pul aylanmasi noyabr-fevral oralig'ida bir oyda bo'lgani bilan tenglashdi ➡️ Chetda o'qish rejamni yana bir yilga surdim (batafsil @Musayev_blogi'da) ➡️ Iyun - EPAMda "Biznes analitika" bo'yicha bir oylik trening o'tagandan so'ng amaliyotchi sifatida ishga kirmaslikka qaror qildim ➡️ Avgust - 2019-yil boshlab keyin qolib ketgan "Pocket Vocabulary" kitobimni tugatishga kirishdim ➡️ Sentabr-noyabr - asosan chetga hujjat topshirish bilan band bo'ldim ➡️ Dekabr - Chakana.uz Agrobankning "Yil loyihasi" deb topildi 2022-yil ➡️ Yanvar-mart - bankning boshqa bir loyihasi ustida ishladim. Yii2 rivojlanishidan umidim so'ngani sabab yangi loyihani Laravelda yozishga qaror qildim ➡️ May-iyun - chetga o'qishga ketishim aniq bo'ldi ➡️ Iyul - loyihani boshqalarga topshirib Team Lead sifatida "Smartbank"ning marketpleys qismini qurishni boshladim ➡️ Avgust - Pocket Vocabularyni chop etib, sotuvga chiqardim ➡️ Sentabr - Irlandiyaga kelib Information Systems yo'nalishida o'qishni boshladim. Ishim yarim stavka onlayn davom etdi ➡️ Oktabr - erta kundan keyingi yil uchun ishga topshirishni boshladim. Accenture 2 kunda "reject" berdi ➡️ Dekabr - kutilmaganda Apple suhbatga chaqirdi. Birinchi suhbatdan zo'r o'tdim. Ikkinchisi esa o'xshamadi. System design bo'yicha juda kuchsiz ekanimni bildim 2023-yil ➡️ Fevral - Mastercarddan kelgan intervyu taklif xatini o'tkazib yuborishimga oz qoldi. Batafsil bu yerda ➡️ Mart - texnik topshiriq sifatida 3 kunda API yozish berilgan. Laravel bilan "qalpoq" qilib tashlaganman. Github repository ham bor ➡️ Suhbatdan 24 soat ham o'tmasdan telefon qilib o'tganimni aytishdi. O'sha kuni kechki payt, Onam tug'ilgan kunida Mastercarddan offer oldim ➡️ Aprel - Smartbazar MVPsini ishga tushirdik ➡️ May-iyul - diplom ishim Conversational AI mavzusiga oid bo'ldi (texnik emas, biznes tomonlama) ➡️ Sentabr - Mastercardda ish boshladim. Javada kod yozishga qaytdim ➡️ Noyabr-dekabr - umrimda qilmagan ish — rosa unit test yozdim va bu menga yoqdi :) ➡️ Dekabr - Agrobankdagi ishimni to'liq to'xtatdim 2024-yil ➡️ Fevral-Mart - Azure Fundamentals sertifikatini oldim. U yerdagi bilimlar Microsoft suhbatida asqotdi ➡️ Iyun - Linkedindan Microsoft rekruyteri yozib qoldi. And the rest is history :) 2025-yil ➡️ Yanvar - Microsoftning Dublin ofisida Software Engineer sifatida ish boshladim Tanishganimdan xursandman :) #career_path #intro @Janob_Musayev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств