Tolibon yoki Afg’oniston yolg’onlari.
Tolibon haqida gapirishdan oldin maʼlumot haqida qisqacha to‘xtalaylik. Bir narsa haqida maʼlumot olar ekanmiz uning manbasiga eʼtibor berishimiz zarur. Sababi hamma o‘z pozitsiyasi va qarashidan kelib chiqib yondashadi va shunga qarab ish tutadi. Nasroniy tarixchilar tarixga o‘z dinlaridan pozitsiyalaridan kelib chiqib Karl Martelni qahramon deyishadi, qarshi pozitsiyadagi insonlar esa uni dushman sifatida bilishadi.
Yaʼni aytmoqchi bo‘lganim hamma o‘z pozitsiyasiga yon bosishi bu insoniy, tabiiy holatdir.
Endi mavzuga kirsak. Afg‘oniston shunchalik yomon ahvoldami? Tolibon xalqni qiynayaptimi? Afg‘onistonga va Tolibon hukumatiga negativimiz qayerdan kelib qoldi o‘zi? Hozir shu haqida kengroq gaplashamiz.
2021 yil 15 avgust kunidan boshlangan
Tolibon Afg‘onistonida qanday islohotlar bo‘layotganini ko‘rib bormoqdamiz. Nasha va giyohvand moddalar ishlab chiqarish keskin pasaytirildi. Nashavandlar esa giyohvandlikka qarshi davolanish amaliyotlariga joylandi.
Yo‘llar, kanallar, maktablar, zavodlar orqa-ma orqa ochilmoqda va hatto o‘zlarini
mashinalarini va ko‘plab texnologiyalarini ishlab chiqarishmoqda.
Bir narsani tushunib olishimiz kerak. Bu davlat islomiy sharʼiy davlat. Ularning qonuniyatlarining asosi shariatdir. Yaʼni ular o‘zlari uchun bu yo‘lni, tizimni tanlashgan. Baʼzi narsalar taqiqda baʼzi narsalarga esa ruxsat berilgan. Poraxo‘r davlat boyliklarini yeb yotgan sobiq hukumat ketganidan beri endi 3 yildan oshdi. Yillar davomida faqat qog‘ozlarda qilingan ishlar bu davrga kelib amalda qilina boshladi. Qisqasi davlatni rivojlantirish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishmoqda.
Bir feminist qizni kanalida o‘qidim. Tolibon qizlarni ko‘chada bir biri bilan gaplashishini taqiqlabdi deb juda ham tasirli post yozibdi. Bu xabarni tekshirish uchun rasmiy saytlardan buni asosi qayerda ekan deb qidirib chiqdim. Axiri g‘arb manbalariga taqaldi. Gaʼrb manbalaridagi xabarlarni o‘qir ekanman umuman asos keltirilmagan holda ayblovlar juda ko‘p. Gapni
“xabarlarda keltirilishicha” deb boshlashadi lekin qaysi xabar ularga kim maʼlumot bergan aniqlashtirishmagan. O‘zlarini manfaatlari yo‘lida to‘qilgandek go‘yo…
Tolibonlar ayollar taʼlimiga qarshi deyishadi. Yo‘q unday emas. Ular ayollar va erkaklar bir bo‘lgan taʼlimga qarshi. Ayollarni emas aralash taʼlimga taqiq qo‘yishdi. BMT bosim o‘tkazdi ayollarni taʼlimidagi taqiqni olib tashlashingiz kerak deb. Maqsad ayollarni taʼlimimi yoki g‘arb ideologiyasi? Ayollarga alohida madrasalar kollej universitetlar sekin sekin ochilmoqda va reja qilinmoqda.
Siz aytgan narsaga to‘g‘ri kelmadi degani noto‘g‘ri degani emas. Tolibonlar ham ayollarni erkaklar bilan birga o‘qishlarini noto‘g‘ri deb o‘z qoidalari asoslariga suyanib aytishmoqda. Ular bu ishlarini o‘zlari uchun to‘g‘ri deb bilishadi. Nega amazon o‘rmonlaridagi yarim yalang‘och yoki umuman kiyimsiz yurib yashaydigan odamlarning emas toliblarning kiyimlari muhokama qilinadi. Inson huquqlari himoyachilari LGBT kabi noinsoniy g‘oyalarni o‘zlarining qandaydir asoslariga ko‘ra qabul qilishadiyu nega toliblarning o‘zlarini asoslariga ko‘ra erkak ayol bir joyda taʼlim olmasligi bo‘yicha qarorlarini tanqid qilishadi. Toliblarda ham amazonkadagilar kabi o‘zlarining madaniyati urf odati dini bor. Amazonkadagi insonlarning ishlariga hech kim aralashmagani kabi tolblarning ishiga aralashmaslik tolerantlik hisoblanadi…
Ayollar taʼlimidagi muammolar hal bo‘ladi deb umid qilamiz. Ayollar ta’limidagi muammolar ular ta’limga qarshiligidan emas, balki siyosiy moddiy holat taqozosidir.
Afg’oniston haqida ishonchli ma’lumot olish uchun rasmiy
saytlardan foydalaninglar.
Global bloger
Joe Hattabning 2 qisimli
videosi orqali tolibonlarning ishlari kelib chiqishi haqida yanada chuqurroq ma’lumot olasiz