Adolf Gitler. 1945-yil 30-aprelda o'z uyining yerto'lasidan o'q ovozi eshitildi. Dunyoni zabt etishga chog'lanib, oxir oqibat o'z uyida o'z joniga qasd qilgan.
Maykl Jekson. Dunyo bo'yicha 3.5 millard muxlisga ega bo'lgan, o'z davrida dunyoning eng katta qasrida yashagan inson. Shu qadar katta shon-shuhrat, boylik va atrofida millionlab unga mushtoq odamlar bo'lishiga qaramay... O'z avtobiografiyasida "men bu dunyoda yolg'izlik va baxtsizlik hissi bilan yashadim" degan edi.
Abu Laxab. Musulmonlar va Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning eng katta dushmani edi. Payg'ambarimiz Sollallohu alayhi vasallam Makkaliklarni Islomga ochiq oshkora chaqirgan vaqtda "bizni shu gapni aytish uchun yig'dingmi ? " deb yerdan tosh olib otgan ham, Rasulullohni xaqorat qilgan ham, eshiklari oldiga axlat to'kib ketgan ham, muborak uylarini toshbo'ron qilgan ham u edi. Natijada o'limidan so'ng ham 3 kungacha o'z uyida yovvoyi itlardek sasib yotgan jasadiga o'z og'illari ham tegishni xohlamagan.
Lenin. Ateist va materialist bo'lgan, butun borliq sohibi Allohni rad qilgan, hatto bu tushunchasini "rasmiy ideologiya"ga aylantirgan, vakolati tufayli o'zi ham naq Fir'avnga aylangan inson edi. Umrining so'nggi vaqtlarida uni tark etmayotgan tinimsiz kasalliklar tufayli o'z uyida dod-voy, baqiriqlar ila o'limini kutib yotardi. Va 1924-yil 24-yanvarda o'sha davr "Le Figaro" jurnali tarifi bilan "Yirtqichlarcha o'ldi".
Va o'zini "Iloh" deb atagan insonlar haqida so'nggi ma'lumotlar : "Stalin yer bilan bitta, Marks masxarada, Chaushesku dorga osilgan".
Bularning hammasini birlashtirib turgan umumiy jihat Haqni anglamaslik... Allohni tanimagan insonga bu dunyoda ham, oxiratda ham halovat yo'qdir.
Bularning hammasi, oʻsha vaqtlardagi 8 yoki 9 yosh bolaning koʻziga ko'ringan voqea-hodisalar va kichik bir qishloqning, kichik hovlisida boʻlgan holatlar edi.
Toʻgʻrisini aytsam, mana shunday ishlarni ko'rganimdan keyin, kattaroq joyda ishlashdan, qandaydir mansab egasi bo'lishdan qo'rqish hissi paydo boʻlgan, aniqrogʻi mana shunday ishlarda ishlasam, yoki mansabdor boʻlsam, menda ham shunday kibr, manmanlik, o'zligini yo'qotish, bag'ritosh bo'lib qolish hislari uyg'onishidan qo'rqaman. Bu bilan ishlashdan qochib, katta katta joylarda ishlamiman, oddiy ishchi boʻlib ishlayveraman demoqchi emasman, ertangi kunda mana shunday hislatlar egasi boʻlib qolmasligim uchun oʻzimni hozirdan tarbiyalab borishim kerak, aks holda men ham "yomon amakilar"dan biriga aylanaman.
Oʻzim qishloqda tugʻilganman va qishloqlarda koʻpchilik qarindoshlar bir biriga yaqin joyda yashashadi, har bitta qarindoshimizning uylari bir biriga piyoda yetib borsa boʻladigan masofada. Biron bir tadbir boʻlsa hamma bitta hovliga yigʻiladi. Qishloqda toʻy-maraka, yig'ilish, tadbirlar koʻp boʻladi va albatta qarindoshlar ham tez-tez yigʻilib turishadi. Bunday tadbirlarni qishloq sharoitida o'tkazish oson emas, gaz tanqisligi boʻlgani uchun o'choqqa ovqat, tandirga non yopish kerak, suv tez-tez oʻchib turgani uchun tadbir boʻladigan kundan bir kun oldin, zaxira sifatida katta katta idishlarga suv to'ldirib qo'yiladi, agar bizning hovlimizda suv to'xtagan boʻlsa, boshqa bir mahalladan yoki koʻchaning boshidagi qo'shnimizning uyidan suv tashib kelishga toʻgʻri keladi. Toʻylarda yoki yigʻilishlarda koʻp inson kelgani uchun kattaroq qozonga ovqat tayyorlash kerak, buning uchun esa albatta kattaroq qozon va kattaroq oʻchoq kerak boʻladi va buning uchun kerak boʻladigan asosiy narsa koʻp miqdordagi yog'och o'tin. Katta hajmdagi qozon va oʻchoqlar har bitta uyda boʻlmagani uchun, uni ham boshqa bir qo'shnining uyidan olib kelishga toʻgʻri keladi. Hullas qishloqda ish koʻp, lekin shu bilan birga toʻy boʻlishidan bir kun oldin ko'pchilik qarindoshlar hashar qilishga ya'ni mana shunday ishlarga yordamlashish uchun kelishadi. Albatta qishloq odamlarida shahardagilarga qaraganda oqibat kuchliroq.
Lekin bir narsa menga umuman yoqmasdi. Yaʼni qarindoshlar oʻrtasida bir turkumdagi insonlar bo'lardi, ular oilasi bilan alohida koʻchib chiqishgan, qishloqdagi hamma qarindoshlarga qaraganda uzoqroqda yashashadi, o'zining shaxsiy biznesi bor, boshqalarga qaraganda qimmatroq mashinalari, kattaroq, chiroyliroq uy joylari bor, o'ziga toʻq (boy) qarindoshlar. Ular qaysi davraga bormasin albatta eng yuqoridagi joyni egallashadi, hamma ularga hurmat ko'rsatishadi, yoshi ancha kichik bo'lgan taqdirda ham, hamma ular bilan maslahatlashib ish koʻradi, ularga yoqishga harakat qiladi, ular bilan koʻproq, yaxshi munosabatda boʻlishni xohlashadi, garchi soxta boʻlsa ham, lekin nega?
Kichkinaligimda shu insonlar menga sovgʻalar olib kelishsa ham, menga "marojni" uchun pul berishsa ham ularni yoqtirmasdim, ko'zimga yaxshi ko'rinmasdi.
Ular kelganida har doim, boshqa qarindoshlar kelganda qo'yilmagan narsalar dasturxonda paydo boʻp qolardi, ulardan yoshi ancha katta insonlar obdasta bilan ularning qoʻliga suv quyishardi. Uyimizda katta tadbir boʻlsa, koʻchaga chiqib ko'pchilik boshqa qarindoshlarimizning mashinasidan koʻra, aynan ularning mashinasidan xabar olib kelishim kerak edi, joyida turibdimi, koʻchada men qatori bolalar teginmayapdimi?!
Ular hech qachon hashar uchun yoki mehnat qilish uchun, suv tashib, o'tin yorish uchun kelishmasdi, garchi ulardan katta insonlar kelib yordamlashganda ham. Bunga javoban ular, kelganidan keyin ham hamma qatori yurmasdi, ancha hurmattalab bo'lishardi, ba'zida menga bergan buyruqlari jig'imga tegardi. Kattalar ham ulardan ishi yurishmagani uchun maslahat so'rashsa, qo'lida sigaret ushlagan holda, "sizga kim qoʻyibdi uyoqda ishlashni, qo'lizdan kegan ishni qiling, eplolmisiz baribir, ana qorovullikga ish gaplashib beraman, ishlab yuraverasiz, sizga yetadi" degan gaplar bilan, boshqa insonlarni yerga urishdan boshqasiga o'tmasdi. Yoki kimdir ulardan yordam so'ramoqchi bo'lishsa, "uzura meni ishlarim bor edi, siz bilan keyin gaplashamiz" deb indamay ketvorishdan boshqasini bilmasdi.
Hatto janozalarda ham, huddi artistlar toʻyga kelib oʻzining ishini bitirib chiqib ketgani kabi, el-xalq gapirmasligi uchun, atrofdagilar koʻzi uchun biroz muddatga kelib, keyin yana oʻz ishiga qaytib ketgani, hech nima sodir boʻlmagandek, shunchaki oʻz ishlarida davom etganlarining ham guvohi bo'ldim.
Bir kuni bir qishloq aholisi yomg'ir yog'ishi uchun duo qilmoqchi bo'lishdi. Ertasiga butun qishloq aholisi bu tadbir uchun yig'ilishdi, faqat bitta bola soyabon bilan keldi...
Umuman olganda, men vannaga yo'l oldim-da, suvga tushdim va o'zimni cho'ktirishga qaror qildim. Keyin birdan do'kondan kecha olgan shokoladli pirogim borligi esimga tushdi. Ular nima deyishsa, deyaverishsin, ammo dunyoda yashashga arzigulik narsalar bor.
Oila davrasida, suhbatlashib ovqatlanish baribir boshqachada, bu yerda hammasi sof, oʻsha men kichkinaligimda oʻynab, idishlarni sindirgan davrimdagidek)