Смотреть в Telegram
TO‘RTLIKLAR Maylimiz ko‘chmanchi turnadek, Olloh, Farahli bu dunyo – turmadek, Olloh. Yo rab, qay bandalar yo‘lidan yurib, Sening yo‘llaringdan yurmadik, Olloh... * * * Bahor, derlar kuz kunlarini, Iliq, derlar muz kunlarini... Ming maqomga yo‘rg‘alashar-da, Berib qo‘ygach tizginlarini... * * * Oq yuvib, oq tararimsan, ADOLAT! Yuragim-la o‘rarimsan, ADOLAT! Borki mehrim javobiga o‘zingdan Faqat TAShRIF so‘rarimsan, ADOLAT!.. * * * Yolg‘onning qotili – pok so‘zlik ekan, To‘kislik dushmani – noqislik ekan... Har ne yaralmishki, bor kushandasi... Meni kemirguvchi – haqsizlik ekan... * * * («Siz... Sen... U...» turkumidan) Qush orzusi – bir kaft donim o‘marish... Kasniki – menda yo‘q shonim o‘marish... O‘g‘riboshiga-chi, baribir ekan Og‘zimdagi so‘nggi nonim o‘marish... * * * («Siz... Sen... U...» turkumidan) Bedard, «Men – giryon...» – deb, og‘iz yirtaver... Xilvat, «Men – suron...» – deb, og‘iz yirtaver... Tepkilab-ezg‘ilab turkiy zaminni, Nomard, «Turkiston!..» – deb, og‘iz yirtaver... * * * Bu ofoqda mehr sardormi? Bu ofoqda adolat bormi? Bilar bo‘lsang, javob ber, qalam, Shoir ko‘pmi, laganbardormi? * * * Qonni qizdirar she'r... Unga taraf yo‘q... Zavqda suzdirar she'r... Unga taraf yo‘q... Dunyo raso... Odam norasoligin Sassiz sezdirar she'r... Unga taraf yo‘q... * * * Bir amaldorning umr yo‘ldoshiga Chunon kamyob – yechib-kiyganlaringiz... Xesh-u a'yon – u deb kuyganlaringiz... Deysizki: “Bosh uzra qo‘yishga loyiq...” Ajab... Balki dorbop – suyganlaringiz... 1998 yil. @Gulchehra Nurullaeva Instagram YouTube Facebook
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств