Смотреть в Telegram
TO‘RTLIKLAR Pok ko‘ringan oq qish kuzni yiqitdi... Chimrilgan bir qarash so‘zni yiqitdi... Ajabo, hayratdan ushlayman yoqa: Biz ko‘targan tomlar bizni yiqitdi... * * * G‘amni yanchib yurolsang, ko‘ngil, Afiflikka o‘ralsang, ko‘ngil, - Ehtiromim beadad senga, Toj kiymagan qirolsan, ko‘ngil... * * * Bobom derdi: “Hayotda hamma narsa mo‘l, serob... Mumtoz uchun u - mumtoz, xarob uchun u - xarob...” Ko‘ngil, o‘zingni urib hayot girdibodiga, Toparlaring, ishqilib, bo‘lmasin-da iztirob... * * * Parvoz orzularim qushga ko‘chibdi… Oshkor mavzularim tushga ko‘chibdi... Olamcha og‘rig‘im bitta to‘rtlik-u Olamcha nafratim mushtga ko‘chibdi... * * * Barimas, oy chiqqan tunlar umr ekan, Bahaybat quvonch-u munglar umr ekan... Borki yashalguvchi yillar emas, yo‘q-yo‘q, Vatan, senga fido kunlar umr ekan... 1998 yil. @Gulchehra Nurullaeva Instagram YouTube Facebook
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств