Tizimlardan tashkil topgan bir olam ichida( yashayapmiz emas) vaqt o'tkazayotgandekmiz , go'yo...
Ota-ona farzand kamoli uchun bor budini qurbon qiladi ( aslida , o'rnak bo'lish kifoya ) ...
Farzand ayrim hollarda buning qadriga yetadi , ayrimlari esa ...
Chetdan qaraganda , hamma o'z hayotida yashayotgan kabi ko'rinadi-yu,
aslida, butun diqqat qarindoshlar nima deydi?
Odamlar nega bunday ?
Nega menda o'xshamadi ?
Nega farzandim qo'shnini bolasidek emas ?
Kulgili , achinarli hol!
Ey inson , shu qadar gumrohmisan , o'z vujudingning bir parchasini kimlar bilandir taqqoslab, farzandingning tilloga teng qobiliyati-yu shijoatiga putur yetkazasan !
Bu isyondir!
Nahot lug'atinga " sabr" degan so'zga o'rin yo'q !
Qadarga rozi bo'lmoqlikdanda go'zal xotirjamlik his etmadim ! Isyon qilmadimki ,nega menda bunday emas deb ! O'zimni hech qanday tizim qurboniga aylantirmay, jamiki qarshiliklarda Unga bo'lgan cheksiz ixlos va ishonchimga , qalbimdagi o'ta sof niyatlarimga sodiq qoldim ( bardavom bo'lsin) !
Anglaganim :
Eng a'losi bo'lsang ham , eng rasvosi bo'lsang ham senda bori o'zida bo'magan har kimsaga yovdek ko'rinasanki , ular so'zi, harakati bilan har on seni yanchishga intiladi !
Shunda senda bor samimiyat, iymon , U zotga bo'lgan ishonch sinaladi !
Shukr keltiramanki ,g'iybatlarda bosh mavzu bo'lsamda, g'iybatchi fisq-u fasodlardan etmadi !
Ruhiy zarbalarda bemor etilsamda, zarba berivchilardan etmadi !
Rozimanki, qalbim, ruhim ,ong-u shuurim erkin va ozodki, o'zgalar baxt-u omadini qoralovchi hasad qurboni etmadi !
........
............
...............
Xo'sh , mard bo'lib ayt-chi , so'zlarimning qaysi qismida o'zingni ko'rding ...