View in Telegram
Forwarded from Mulohaza...
Tizimlardan tashkil topgan bir olam ichida( yashayapmiz emas) vaqt o'tkazayotgandekmiz , go'yo... Ota-ona farzand kamoli uchun bor budini qurbon qiladi ( aslida , o'rnak bo'lish kifoya ) ... Farzand ayrim hollarda buning qadriga yetadi , ayrimlari esa ... Chetdan qaraganda , hamma o'z hayotida yashayotgan kabi ko'rinadi-yu, aslida, butun diqqat qarindoshlar nima deydi? Odamlar nega bunday ? Nega menda o'xshamadi ? Nega farzandim qo'shnini bolasidek emas ? Kulgili , achinarli hol! Ey inson , shu qadar gumrohmisan , o'z vujudingning bir parchasini kimlar bilandir taqqoslab, farzandingning tilloga teng qobiliyati-yu shijoatiga putur yetkazasan ! Bu isyondir! Nahot lug'atinga " sabr" degan so'zga o'rin yo'q ! Qadarga rozi bo'lmoqlikdanda go'zal xotirjamlik his etmadim ! Isyon qilmadimki ,nega menda bunday emas deb ! O'zimni hech qanday tizim qurboniga aylantirmay, jamiki qarshiliklarda Unga bo'lgan cheksiz ixlos va ishonchimga , qalbimdagi o'ta sof niyatlarimga sodiq qoldim ( bardavom bo'lsin) ! Anglaganim : Eng a'losi bo'lsang ham , eng rasvosi bo'lsang ham senda bori o'zida bo'magan har kimsaga yovdek ko'rinasanki , ular so'zi, harakati bilan har on seni yanchishga intiladi ! Shunda senda bor samimiyat, iymon , U zotga bo'lgan ishonch sinaladi ! Shukr keltiramanki ,g'iybatlarda bosh mavzu bo'lsamda, g'iybatchi fisq-u fasodlardan etmadi ! Ruhiy zarbalarda bemor etilsamda, zarba berivchilardan etmadi ! Rozimanki, qalbim, ruhim ,ong-u shuurim erkin va ozodki, o'zgalar baxt-u omadini qoralovchi hasad qurboni etmadi ! ........ ............ ............... Xo'sh , mard bo'lib ayt-chi , so'zlarimning qaysi qismida o'zingni ko'rding ...
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily