Tizimlardan tashkil topgan bir olam ichida( yashayapmiz emas) vaqt o'tkazayotgandekmiz , go'yo... Ota-ona farzand kamoli uchun bor budini qurbon qiladi ( aslida , o'rnak bo'lish kifoya ) ... Farzand ayrim hollarda buning qadriga yetadi , ayrimlari esa ... Chetdan qaraganda , hamma o'z hayotida yashayotgan kabi ko'rinadi-yu, aslida, butun diqqat qarindoshlar nima deydi? Odamlar nega bunday ? Nega menda o'xshamadi ? Nega farzandim qo'shnini bolasidek emas ?
Kulgili , achinarli hol!
Ey inson , shu qadar gumrohmisan , o'z vujudingning bir parchasini kimlar bilandir taqqoslab, farzandingning tilloga teng qobiliyati-yu shijoatiga putur yetkazasan !
Bu isyondir!
Nahot lug'atinga " sabr" degan so'zga o'rin yo'q !
Qadarga rozi bo'lmoqlikdanda go'zal xotirjamlik his etmadim ! Isyon qilmadimki ,nega menda bunday emas deb ! O'zimni hech qanday tizim qurboniga aylantirmay, jamiki qarshiliklarda Unga bo'lgan cheksiz ixlos va ishonchimga , qalbimdagi o'ta sof niyatlarimga sodiq qoldim ( bardavom bo'lsin) !
Anglaganim :
Eng a'losi bo'lsang ham , eng rasvosi bo'lsang ham senda bori o'zida bo'magan har kimsaga yovdek ko'rinasanki , ular so'zi, harakati bilan har on seni yanchishga intiladi !
Shunda senda bor samimiyat, iymon , U zotga bo'lgan ishonch sinaladi !
Shukr keltiramanki ,g'iybatlarda bosh mavzu bo'lsamda, g'iybatchi fisq-u fasodlardan etmadi ! Ruhiy zarbalarda bemor etilsamda, zarba berivchilardan etmadi ! Rozimanki, qalbim, ruhim ,ong-u shuurim erkin va ozodki, o'zgalar baxt-u omadini qoralovchi hasad qurboni etmadi !
........ ............ ...............
Xo'sh , mard bo'lib ayt-chi , so'zlarimning qaysi qismida o'zingni ko'rding ...
Dunyolarni zabt etmoqchi bo’lgan ey qalbim! Ba’zan , tan olish kerakki , sarhad- chegara bilmas poyoni yo’q orzular ummoniga g’arq bo’lasan! Shu qadar bu ummonga sho’ng’ib ketasanki, g’arq bo’lganingni sezmay alanglab qolasan!
Nahot unutding, dunyo bir o’tkinchi matoh ekanini!?
Nahot anglamading bir soniya oldin olgan nafasing seni zumda tark etdi?! Nima yo kim abadiy, xo’sh?!
Nahot seni abadiyat olamida umuman so’ralmaydigan allam-balolar tashvishga solyapti?!
Nahotki, urib turgan tomirlaringdan ham senga yaqin bo’lgan zotni unutib, o’zingni jabrdiydadek tutyapsan?!
Hayotda savdolashib bo'lmaydigan , savdolashsang hurmatingni yer bilan bitta qiladigan holatlar mavjud !
Bulardan biri bilim ! Oladigan bilimingni hech qachon bozorda savdo qilgandek savdolashma ! Bilimga qancha investitsiya qilsang , u yillar o'tib ortig'i bilan qaytadi ! Ko'nglingni keng qil ! U bir kilo olma yoki kartoshka emaski , arzon qilaman deb izzatingni yo'qotsang ! U sen bilan bir umr qoladi !
Mehr ! Mehr o'zi tekin , lekin shuning uchun ham qadrsiz ! Kimga mehr bersang , albatta o'shandan vafosizlik , qadrsizlik va xiyonatni kut ! Xafa bo'lma bu haqiqat ! Shuning uchun ham uni eng avvalo o'zingga ber , o'zingdan ortsa boshqalarga ! Qolmasa majbur emassan ...
Vijdon ...
Ehhe , o'ylashing mumkin , buni bemalol savdolashib sotib olaman deb ! Do'stim , hammani o'zingga o'xshagan past deb o'ylama ! Hayotda Alloh tomidan ayrim insonlarga vijdon ne'mat qilib berilgan , senga o'xshaganlar uni pul bilan o'lchab o'lib ketadi , afsus !
Sadoqat !
O'ta nozik nuqta .. Uzr , lekin buni aytishga majburman ! Sadoqatni dunyo matohlari bilan sotib ololmaysan ! U o'ta sof tuyg'u , u tanlanganlarda bo'ladi , uni pul, obro' bilan sotib olishni o'ylab ham o'tirma ... Sen U zotga sadoqatli bo'l , o'zi senga vafolilarni ro'baro' qiladi ...
Ey inson , savdolashma. .. Bu jabhalarda savdolashib dillarni og'ritmaki , misqollab yig'gan obro'-yu , martabang bir soniyada puchga chiqadi ! Eng yomoni 4 ta tangang deb inson nomingga dog ' tushirasan !
I don’t need hundred people, I don’t need thousands students who never pray for me , I never wanted to make a business based on EDUCATION , yes there is one thing that can make me calm ! It is loyalty, to appreciate my dedication and sacrifices!