View in Telegram
​​​​Hozirgi o‘qiyotgan kitobim — "Martin Iden"da shunday lavha bor: " — Martin ilojsizlikdan ikki oy kirxonada ishlaydi. Uzluksiz davom etgan og‘ir mehnatdan shunday ahvolga kelib qoladiki, hech narsa o‘qiy olmaydi, hatto fikrlashga ham qurbi yetmaydi. Ish tugashi bilan uyqu, qayta ish yana uyqu. O‘zining ta‘riflashicha bamisoli ish hayvoniga aylanadi. Og‘ir mehnat bilan shug‘ullanganlar, paxtaga chiqib ko'rganlar (chiqmagan kishilar bilmaydi, paxta bu oppoq va yumshoq narsani etakka yig‘ib ketishmas) uning ahvolini yaqqolroq his qilishadi.." Nega bularni yozyapman bilasizmi? Chunki o‘qish uchun ham sharoit kerak. Balandparvoz gaplarni gapirmay, ammo oddiy misol: xotirjam bo‘lmagan kishining boshiga dars hech qachon kirmaydi. Hayol joyida bo‘lmasa, kitob ham o‘qiy olmaysiz. Doimiy aqliy mehnat ham holdan toydiradi. Dam va quvvat hamma narsada, ayniqsa o‘qishda juda muhim. Uyqusiz odam faqat uni o‘ylaganidek, qorin och bo‘lsa, to‘ydirish tashvishida bo‘lasiz. Keyin boshqa masalalarga o‘tiladi. Blogni boshidan kuzatayotganalarga ma'lumki, men moddiyatga tupurgan odamman. Taniganlar uchun esa g‘am va tashvishsiz, doim tabassum qiluvchi va uni boshqalarga ham ulashuvchi. Miyamda esa uzluksiz tahlil va taftish ketadi. Hamma narsa haqida juda ko‘p va xo‘p o‘ylayman. So‘ngi uch yil ichida yaxshi kinoga ssenariy yozsa bo‘ladigan narsalarni boshdan o‘tkazdim. Hatto kitobga qanday vaqt ajrata olganimga, barini unutib mutolaaga sho‘ng‘iganimga hayron qolaman. Balki reallikdan qochishiga urinishdir bu. Ba‘zilar bilishadiki, o‘tgan yil hatto arenaga bora olmasdim. Gapni uzoqdan olib keldim-a, shu kunlarda qayerda xato qilganim va nega xohlaganlarimga to‘la yetisha olmaganim haqida bosh qotirib tushundimki, moddiylikka jiddiy e‘tibor bermas ekanman. Doim hissiyotning quli ekanman. Har bir ish, har bir qaror, nima bo‘lmasin ko‘nglim bilan yurganman. O‘qishdan qochmayman, ammo yoqmasa, tupirib ketaveraman. Bu qanday narsa va qay kim bo‘lsa ham natija bir xil. Ko‘pchilikning yuziga gapirib, yo yolg'ondan paxtachilik qilolmasligim uchun yoqtirmaganlar ko‘p. Menga esa barbir. Ko‘nglim tusamasa, majburlash foyda bermaydi. Tejamkorlik degan narsaning ko‘chasiga yo‘lamayman. Yana mavzudan chetlashdik. Bu hayotda muvozanatni saqlay bilish kerak. Faqat aql, yo hissiyot o‘rtaga chiqib qolsa bo‘lmaydi. Har ikki holatda ham kuyib qolasiz. O‘qishga kelsak, majburiyatni ham ozgina tan oling. Mazza qiladigan sohangizni tanlang. Mas‘uliyat bilan yondoshsangiz, bahorda gullar ochilib ketadi. Dunyo yaratilgandan beri esa sharoiti yo‘q insonlar ta‘limdan bebahra kelishyapti. Axir Martin Idendek sevgisi uchun ilmga intilganlar deyarli yo‘q. Hayotga realroq qarasam, bari joyiga tushib ketsa kerak. @quyoshtaraflarda
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily