View in Telegram
​​​​Sabohiddin Ali "Mo‘yna mantoli madonna" Dunyodagi eng go‘l, eng bechora, eng ahmoq odamning ham insonlarni hayratga soladigan darajada ajoyib, ziddiyatlarga to‘la ruhiyati bo‘ladi-ku! Muallif asarlarining ilk satrlaridayoq ilg‘ash qiyin bo‘lgan, hamma ham payqay olmaydigan tasvirlar, hislar va tuyg‘ularga duch kelasiz. Har kuni ko‘chada, ishda, o‘qishda, uyda, do‘konda, bozorda biz duch keladigan, hech qachon e‘tibor bermaydigan insonlarimiz bo‘ladi. Ular haqda biron narsa bilmaymiz ham, tushunmaymiz ham, qiziqmaymiz ham. Ammo, aslida hayotda ko‘zga tashlanib turadigan, o‘zini ko‘z-ko‘z qiladigan, e‘tiborda bo‘lgan, tuyg‘ulari haqida bemalol gapira oladigan insonlardan ko‘ra jimlikda, o‘zi bilan, o‘z ichki olami bilan yashaydiganlar ancha ko‘p. Aynan ularda haqiqiy muhabbat, insoniy hislar yashiringan bo‘ladi. Sabohiddin Ali esa shunday odamlardan birining chin, samimiy, beg‘ubor, kam topiladigan muhabbat tarixini so‘zlaydi. Qalbingiz larzaga kelishi, shundayi ham bo‘lar ekanda, deb o‘ylashingiz aniq. Balki buyuk muhabbati bor kishilarga hasad ham qilarsiz. Yo‘q, bunday hikoyalar aslida ko‘p. Ijodkorning ijodkorligi ham boshqalar payqamagan narsani payqab, uni san‘at darajasiga yetkazish emasmi? Adib esa buni to‘la-to‘kis bajargan. O‘qish jarayoni yengil ketadi, kitob sifati juda ham zo‘r. Lekin qalbimga bir qadar yaqinligi uchun sekin-sekin, poyoniga yetishidan ozgina cho‘chib tugatdim. Oxirlarida ko‘nglim bir oz xijil ham bo‘ldi. Bunday kitoblar har doim topilavermaydi-ku. Ham sahifalarda tagiga chiziladigan, aforizmsifat gaplar juda ko‘p. Tarjimani ham yomon demayman. Kitob Turkiyada nashr etilgan ekan. Sujet, voqealar rivoji haqida yozishni xohlamadim. Ammo o‘qishingizni qattiq tavsiya qilaman. So‘zlarimni kitobdan olingan ba‘zi parchalar bilan tugatyapman: Bir inson boshqa bir insonni shunchaki, hech narsa qilmay turib ham baxtli qilishi mumkin ekan! Birgina do‘stona salom, samimiy tabassum kifoya ekan... Ruh faqat o‘ziga o‘xshagan ruhni uchratganidagina biz bilan, aqlimiz, o‘lchovlarimiz bilan hisob-kitob qilib o‘tirmay uyg‘onadi. O‘sha lag‘zadan e‘tiboran chin ma'noda yashashni - ruhimiz bilan yashashni boshlaymiz. O‘shanda barcha ikkilanishlar, tortinishlar ojiz qoladi, ruhlar bir-biri bilan quchoqlashish uchun hamma narsani yanchib o‘tib, bir-biriga talpinib chopadi. @quyoshtaraflarda
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily