#xarid
Menda bir odat bor. Yaxshi yoki yomonligini sizlar aytasizlar. Bir zamonlar pdf va audio shaklda yoki birovdan olib oʻqigan kitoblarimni uchratib qolsam albatta sotib olaman. Oʻqigan kitoblarim uyimda boʻlishini istayman.
Ana shunday kitoblardan
Chexovning
“Semiz va oriq” hamda Ulugʻbek Hamdamning
“Sabo va Samandar” asarlarini aytishim mumkin. Ularni avval oʻqiganman, ammo kitobi yoʻq edi.
“Al-Mustafo”ni
Usmonipning propagandasi bilan sotib olgan boʻlsam,
“Oydin tunlar”ni Dostoyevskiyning oʻzbek tilidagi kitoblari kolleksiyamda toʻliq boʻlishi uchun sotib oldim.
Nasib etsa, 2025-yilning ilk oyida “Oydin tunlar” bilan “Al-Mustafo”ni oʻqib chiqmoqchiman.
Sizda nima yangiliklar? Rejalar qanday? Yangi kitoblaringizni izohlarda bemalol maqtanishingiz mumkin
🙄
🕊Telegram 📱Instagram