View in Telegram
Hammaning dunyo adabiyotidan bir sevgani boʻladi. Oʻzbek adabiyotida-da koʻngliga xush yoqqani boʻladi. Oʻqiy turib manglayini ter bosadi, qalbi-da orom oladi. Oʻynab qoʻyay deydi... Uslubdan tanigan boʻlsangiz kerak. Oʻzbek adabiyotida (boshqa yozarmanlarning ijodini qattiq hurmat qilgan, qiymatini anglagan holda) eng sevgan yozuvchim Togʻay Murod. 10 yillar avval uning hamma asarini bir oyda oʻqib chiqqandim. Keyinroq “Yovvoyi yoʻrgʻa” (Togʻay Murod tarjimasi)ni ham topib oʻqiganman. Uning asarlarida aytganlari, aytmoqchi boʻlganlari qalbimga juda yaqin. Salimov “Martin Iden”ni yoki Dostoyevskiyning asarlarini oʻqimaganlarni kitobxon oʻlaroq qabul qilishga qiynalsa, men Togʻay Murodni oʻqimaganlarni oʻzbek kitobxoni oʻlaroq qabul qilishga qiynalaman. Bugun uning “Yulduzlar mangu yonadi” asarini qayta oʻqishni boshladim. E’tirozlar, qargʻishlar boʻlsa izohga yozib qoldirishingiz mumkin))) 🕊Telegram 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily