View in Telegram
Koʻra: vergul kerakmi yoki yoʻq? Koʻra koʻmakchisidan keyin vergul qoʻyish-qoʻymaslikda koʻp xato qilinadi. Hatto muharrir va musahhihlar ham chalkashliklarga, qiyinchiliklarga duch keladi. Bu soʻz vergul talab qiladigan bitta holat bor xolos. Shuni bilib olish kerak. Koʻra qiyos, taqqoslash munosabatini bildirgan; nisbatan, qaraganda maʼnolarini anglatgan holatlarda vergul ishlatilmaydi: Masala u oʻylaganidan koʻra chuqurroq koʻrinardi. F. Musajonov, Himmat. Yuqoridagi kabi oʻrinlarda koʻradan oldingi soʻz chiqish kelishigida (-dan) boʻladi. 👉 Koʻra asosan, muvofiq, binoan soʻzlariga maʼnodosh boʻlib kelgandagina vergul qoʻyiladi. Bunday holatlarda u kirish birikma tarkibida boʻladi: Tuzilgan bitimga koʻra, Abdulatif Samarqandga yuborildi. Mirmuhsin, Meʼmor. Kirish soʻz va kirish birikmalar soʻzlovchining bayon qilinayotgan fikrga munosabatini, fikrning umumiy bahosini, kimga karashli ekanini ifodalaydi. Birikma gap boshida oʻzidan soʻng, gap oʻrtasida ikki tomonidan, gap soʻngida esa oʻzidan oldin vergul bilan ajratiladi. Koʻra soʻzi qatnashgan birikmalarda ham shu qoida amal qiladi: Otam, oʻz kasbining taqozosiga koʻra, umrining koʻp qismini safarlarda oʻtkazgan odam. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi. ❗️ Koʻra koʻmakchisi asosan, muvofiq, binoan maʼnolarida kelsa-yu, kirish birikma tarkibida boʻlmasa, kesimga bevosita bogʻlansa, vergul ishlatilmaydi: Men buni tajribaga koʻra aniqladim. Qoidaga koʻra oʻyin. U natijalarni berilgan maʼlumotlarga koʻra hisoblab chiqdi. @oriftolib
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily