Rim raqamlari qoʻllanadigan 7️⃣ ta holat
1️⃣ Asrlar va
mingyilliklarni ifodalashda:
XXI asr, miloddan oldingi IV mingyillik.
2️⃣ Podshoh va qirollar nomida:
Abdullaxon II, Charlz III.
3️⃣ Sport musobaqalari, anjumanlar va syezdlar, urushlar nomida:
XXIV Olimpiada oʻyinlari, II jahon urushi.
4️⃣ Kitob jildlarini, baʼzan boblarini koʻrsatishda:
“Oʻzbek tili izohli lugʻati”ning II jildi.
5️⃣ Qon guruhini ifodalashda:
IV (AB).
6️⃣ Kimyoviy elementlar nomida:
mis (II) oksid.
7️⃣ Eski uslubdagi soatlarda:
I, II, III...
❗️ Rim
raqamlari boshqa holatlarda ham ishlatiladi. Yuqorida eng koʻp uchraydigan oʻrinlar berildi.
@oriftolib