View in Telegram
-guncha, -gungacha: vergul kerakmi yoki yoʻq? Shu qoʻshimchalardan soʻng vergul ishlatish koʻp uchraydi. Aslida bu qoʻshimchalar vergul talab qilmaydi. Solishtiring: Kuzgacha ishni tugatish kerak. Kuz kelguncha ishni tugatish kerak. Yuqoridagi jumlalarda ajratib koʻrsatilgan soʻzlar alohida gap emas. Ular qachongacha? degan soʻroqqa javob boʻlyapti. Vergul ishlatish qoidalarida vergul birdan ortiq ish-harakat ifodalangan sodda gaplar, birdan ortiq kesim qatnashgan qoʻshma gaplarda qoʻllanishi aytilgan edi. Bunda ketma-ketlik, sanash maʼnolari ifodalanishi kerak. – guncha va – gacha qoʻshimchalari esa bunday maʼno hosil qilmaydi: Osh dam yeguncha piyola necha bor qoʻldan qoʻlga oʻtdi. S. Ayniy, Doxunda. Ustanikida tong yorishgandan qosh qoraygungacha tinim yoʻq – dam bosish, bosqon urish, suv tashib, oʻtin yorish... R. Fayziy, Hazrati inson. @oriftolib
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily