Usmon Nosir qayoqda-yu, men qayagʻda...
Sardor degan yigit bir sheʼrimni oʻqib, "Usmon Nosirdan ham isteʼdodli ijodkor Nurmuhammad Abduzoirov ijodidan" degan sarlavha bilan ijtimoiy tarmoqlarga joylabdi.
Bir noaniq narsa haqida tasavvur uygʻotish uchun ikkinchi aniq narsa bilan solishtirib oʻrgatish, tushuntirish "qiyos tahlil" deyiladi.
Mubolagʻa degan narsa ham bor.
"Ustoz otangdan ulugʻ" degan maqolga Erkin Vohidovning sharhini oʻqigan boʻlsangiz kerak. Oʻqimagan boʻlsangiz, "Soʻz latofati" kitobini bir varaqlab koʻrgaysiz...
Hamma biladiki, Usmon Nosirning toʻpigʻiga ham chiqmayman.
Lekin shu aniq narsani isbotlash uchun "Nurmuhammadning ijodi xom, shoir-poir emas" qabilidagi gaplar aytilibdi.
Bu endi — qayiqni ogʻayotgan tomonidan qaytarib, boshqa tomonga ogʻdirib yuborishday tuyuldi.
Lekin, toʻgʻrisiyam-da, Usmon Nosir qayoqda-yu, men qayagʻdaman.
@Nurmuhammad_Abduzoir