View in Telegram
Odam o‘ldiraymi, gul undiraymi taassuf yoshidan, g‘azab qonidan. Yig‘lab dushmanlarim suyuntiraymi yuragi idragan do‘stim yonida. O‘zimni otaymi, to‘ydirayinmi ochofat ajalning yuho qornini. Soqov bo‘layinmi, ko‘r bo‘layinmi? Talab qo‘yavering, bilmay or nima. Gado to‘rvasiga yamoq bo‘laymi, biror muttahamga hamroh bo‘laymi, boshidan adog‘i gunoh bo‘laymi, undoq bo‘laymi yo bundoq bo‘laymi? Kulgu bo‘layinmi, ingroq bo‘laymi, ko‘ngli tor bo‘laymi, kengroq bo‘laymi, jinniroq bo‘laymi, jinchiroq bo‘laymi, tunchiroq bo‘laymi, sinchiroq bo‘laymi, dovush ko‘tarmaymi, tinchroq bo‘laymi?... Yoki sekingina qo‘limni siltab, yoppa imzo bosib bari-bariga, o‘zga gap-so‘zlarni yem qilib birday loqaydlik, beg‘amlik kuchuklariga ---- o‘zim istagandek yashasammikin? Nurmuhammad Abduzoir #photobynurizi https://t.center/nur_izi
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily