Suad "Alanga ichidagi ayol"
Janr: qissa
Bet: 127
"Zamona ayollarining ko'zini ochadigan haqiqatlar"
Bilamizki, shu so'nggi uch yil davomida jamiyatimizda gender tengligi tushunchasi yuqori cho'qqiga ko'tarildi. Shu boisdan, har xil chellenjlar ham e'lon qilindi. Ayol kishi shunday yaratilganki, hamma vaqti ham ichidagi borini sirtiga chiqara olmaydi, chidash kerakligi va doimiy ravishda ayb erkakda bo'lsa-da o'zini ayblab keladi xuddi qissamiz qahramoni Suad kabi.
Chekka bir qishloqda orzu qilishga ham qo'rqadigan qizlar, hatto erkak qiladigan ishlarni ham xotin-qizlarning bajarishi, eng og'ir dala ishlariga jalb qilinishi-yu, 13 yoshdan turmushga uzatish Suad yashaydigan qishloqning eng katta qonunlaridan bittasi edi.
Ayol-qul, doimiy ravishda do'pposlanish, zulmga mahkum, ayol qiz tug'sa u oila a'zosi emas, o'g'il tug'ilgan uy bo'lsa, doimiy xalqning e'zozida etib sanalardi. Bundan og'ir qiynoqlarga chidab kelayotgan qishloq ayollari Ollohdan sog'lom farzand emas, balki tun-u kun o'g'il so'rashardi, zero ularning boshiga shu orqali kaltaklar kamayar edi.
Asardagi tugun bu- Suadning Fayozdan xomilador bo'lib qolishi bilan boshlanadi. Suad Fayozdan chin muhabbatni kutib, unga ishonch bergandi va bu Suadga qimmatga tushdi. U opasining turmush o'rtog'i Husayn tomonidan o't qo'yib yoqib yuboriladi. Xudoning marhamatini qarangki, uning ichidagi farzand nobud bo'lmaydi. Ammo Suadga qarab bo'lmas darajada kuyish bor edi.
Suad oila a'zolarini shunday eslab qolgan edi: kaltak ko'targan otam, stakan ushlagan onam, meva keltirgan ukam.
Asardagi tugun yechilishiliga sababchi esa, Jaklin " Insoniyat Kurrasi" nomli gumanitar tashkilotda ishlovchi ayol edi. Suadning 7 oylikda tug'ilgan farzandini asrab, tarbiya qilgan ham shu ayol edi.
Asar hayotiy voqea asosida yozilganligi bilan ham ahamiyatlidir. Agar o'qib chiqsangiz, hozirgi yashayotgan holingizga shukr qilishingiz tabiiy. Aslida ayolning ismi Suad emas, hozirgacha u ota- onasining kelib qolishidan yoki bu asar arab tiliga nashr qilinsa ular bilib qolishidan qo'rqqanligi sabab ismini o'zgartirib yozishga majbur bo'lgan.
Suad olovdan haliyam qo'rqardi. Ularning uyida gugurt yoqilmas, ikkinchi turmushi bilan farovon hayot kechirmoqda. Ikkita qiz farzandi bor va yaxshi bir ishda ishlaydi.
Afsuski, ayollarga qarshi zo'rovonlik holatlari haligacha barham topgan emas. Ayol o'z shaxsiy fikrini bildirmasligi, unga qul va oddiy inkubator sifatida qarash ayrim " erkak" larda haliyam saqlanib qolgan.
Asarning o'ndan birini sizlarga yetkazib bera oldim, xolos. Ammo diqqat bilan o'qisangiz, ko'zingizda yosh to'xtamaydi. Hattoki qishlog'idagi qizlar yozish, chizish va o'qishni bilmas edi Suad kabi. Bir-ikkita qiz shaharga borib o'qib kelishi mumkin bo'lgan.
Ularning hayoti, ertalabdan dala ishlash, og'ir mehnat qilish, har kungi kaltaklar va 14 yoshda oila qurish. Bu dahshat.
Xulosa shuki, bu kitobni faqat ayollar o'qishini emas, balki erkaklar o'qishini ham istardim. Negaki, ayol go'zal hilqat. Uning ham jamiyatda o'z o'rni va mavqeyi bor. Islomda ham hattoki, ayollaringizning yumushlariga yordamlashing, ularni qadrlang deyilgan.
Jamiyat uchun kerakli asarni tarjima qilganingiz va tabiiy holda yetkazganingiz uchun sizga alohida rahmat,
Nodirabegim Ibrohimova!
@farangizkhan_murodova