#Brifing ⌛ “Reyting elektron platformasi”ning mezon va koʼrsatkichlari takomillashtirildi hamda ushbu reytingga kiritilgan qurilish tashkilotlari soni 17 mingdan ortib, loyiha tashkilotlari soni 2 300 taga yaqinlashdi.Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish Dasturi doirasida 2 444 ta obyektda davlat budjeti hisobidan qurilish-taʼmirlash ishlari olib borildi.
Natijada 709 ta maktabgacha va maktab taʼlimi, 10 ta oliy taʼlim, 140 ta tibbiyot, 32 ta sport, 7 ta madaniyat, 2 ta ilmiy muassasa, 77 ta ichimlik suvi, 8 ta issiqlik taʼminoti, 82 ta yoʼllar va koʼpriklar,166 ta irrigatsiya va melioratsiya hamda 180 ta boshqa soha obyektlari foydalanishga topshirildi.
Mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 1 571 ta ijtimoiy soha va infratuzilma obyektlarida qurilish, taʼmirlash va jixozlash ishlari amalga oshirildi. Boshqaruv tashkilotlari mablagʼlari hisobidan 9 849 ta koʼp kvartirali uylarda taʼmirlash ishlari olib borildi. Natijada 2 846 ta uyning tom qismi, 6 975 ta kirish yoʼlaklari, 3 624 ta elektr shitlar, 1 022 ta uyning ichki muhandislik tarmoqlari, 3 833 ta yertoʼla qismidagi muhandislik tarmoqlari va 1 159 ta uyning fasad qismi taʼmirlandi. Shuningdek, 2 075 ta kodli qulfli temir eshiklar, 317 ta kodli qulflar, 4 318 kv.m framuga romlar va 4 279 ta sensorli lampalar oʼrnatildi. Bundan tashqari uylardagi 374 mingdan ortiq elektr xoʼjalik obektlari xatlovdan oʼtkazilib, “qizil”, “sariq”, “yashil” toifalarga ajratildi. Shu asosda “qizil” toifadagi 108 mingdan ortiq shitlar mukammal taʼmirlandi. Koʼp qavatli uylardagi eskirgan 528 ta lift yangi va zamonaviysiga almashtirildi.
Xususan, koʼp qavatli uylar va ular haqidagi maʼlumotlar jamlangan “Mening uyim” billing tizimi joriy qilindi.
Hududlarda faoliyat yuritayotgan 498 ta qozonxona va 3 500 km issiqlik tarmoqlaridan 16 mingga yaqin koʼp qavatli uyga hamda 4 mingdan ortiq ijtimoiy soha obyektlariga 7,7 mln geko kaloriya issiqlik energiyasi va issiq suv yetkazib berildi. Shuningdek, 14 ta investitsiya loyihasi doirasida 10 ta qozonxona va 68 km issiqlik tarmoqlarida qurilish-rekonstruksiya ishlari bajarilib, 14 ta isitish qozonlari oʼrnatildi. Jahon banki ishtirokidagi loyihalar doirasida 10 ta isitish qozonlari qurib bitkazildi, 56 km issiqlik tarmoqlari yangilandi hamda 1 280 ta individual issiqlik punktlari oʼrnatildi. Issiqlik tizimini qish mavsumiga tayyorlash doirasida 3 ta qozonxona, 736 ta qozon va 585 km issiqlik tarmoqlarini taʼmirlandi.
💧Qolaversa, barcha dasturlar doirasida 292 ta mahallada jami 1 342 km ichimlik suv tarmoqlari va 225 ta suv inshooti qurildi. Natijada 1,3 mln nafar aholi ichimlik suvi bilan taʼminlandi va 3 mlndan ortiq aholining ichimlik suvi taʼminoti yaxshilandi. Taʼkidlash kerakki, joriy yilda ham bu boradagi ishlar tizimli davom ettiriladi.
🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇
https://www.facebook.com/share/v/19kYRTfbPv/?mibextid=wwXIfr Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|
🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|