View in Telegram
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#BRIFING 📣 DIQQAT! DIQQAT! ✍️ Ayni daqiqalarda AOKAda "Qurilish va kommunal sohada 2024-yil yakunlari" mavzusida brifing bo‘lib o‘tmoqda. Unda vazirlik axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov ishtirok etmoqda. 🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun…
#Brifing 🟢 Mamlakatimizda qurilish va kommunal sohani yanada taraqqiy ettirish borasida davlatimiz rahbari boshchiligida salmoqli tashabbuslarga qoʼl urildi. Xususan, 2024 yilda jami 9 ta shahar, 43 ta shaharcha va 94 ta qishloqning bosh rejalari ishlab chiqildi. Natijada bosh rejalar bilan taʼminlash darajasi shaharlar boʼyicha 97 foizga, shaharchalarda 25 foizga, qishloqlar boʼyicha 22 foizga yetdi. Sohaga oid texnik-normativ hujjatlarni zamonaviy talablar asosida yangilash va xalqaro normalarga uygʼunlashtirish maqsadida 105 ta shaharsozlik norma va qoidalari, 56 ta standart hamda 4 ta texnik reglamentlar ishlab chiqildi. Shuningdek, ish turlari, qurilish materiallari, mashina va mexanizmlari koʼrsatkichlarining yagona bazasini oʼzida ifoda etgan “Qurilish resurslari milliy klasifikatori” ishlab chiqilib, tegishli tashkilotlarning maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilindi va onlayn maʼlumotlar almashinuvi yoʼlga qoʼyildi. Mazkur klassifikatorga bugungi kunda 180 mingdan ortiq qurilish resurslari kiritilgan. 🏢 “Yangi Oʼzbekiston” massivlarida va aholi talabgor hududlarda 1 984 ta zamonaviy koʼp qavatli uylar foydalanishga topshirildi. Shuningdek, ushbu uylarni muhandislik-kommunikatsiyalari bilan taʼminlash maqsadida: - 100 km avtomobil yoʼllari; - 63 km ichimlik va oqova suv tarmoqlari hamda 18 ta suv inshootlari; - 68 km isitish tarmoqlari va 22 ta qozonxonalar; - 208 km elektr tarmoqlari va 224 ta transformatorlar; - 29 km gaz tarmoqlari va 16 ta gaz taqsimlash punktlari barpo etildi. Energiya tejamkor texnologiyalar, materiallar va loyiha yechimlaridan samarali foydalangan holda ijtimoiy soha obyektlarining 20 tipdagi namunaviy loyihalari ishlab chiqildi. Ushbu zamonaviy loyihalar 404 ta ijtimoiy soha obyeklarida qoʼllanildi. ☺️ “Shaffof qurilish” tizimi orqali 23 mingga yaqin obyekt loyihasi ekspertizadan oʼtkazildi va natijada salkam 8 trln soʼm mablagʼ loyihalarning smeta qismidan iqtisod qilindi. Shuningdek, “Shaffof qurilish” platformasi orqali 13 mingdan ortiq obyektlar boʼyicha loyiha va pudrat tashkilotlarini aniqlash uchun onlayn elektron tenderlar oʼtkazildi. Natijada 614 mlrd soʼm mablagʼ iqtisod qilindi. 🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇 https://www.facebook.com/share/v/19kYRTfbPv/?mibextid=wwXIfr Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily