#tanishing
✍️ Adib Xolid
● Pokistonda tug’ilgan
amerikalik tarixchi olim. U Chikago universitetida PhD darajasini olgan, Minnesotadagi Karleton kolleji, Viskonsin-Medison universiteti kabi ko’plab ta'lim muassasalarida
Osiyo tadqiqotlari va tarixi boʻyicha professor sifatida faoliyat yuritgan.
● Adib Xolidning asosiy tadqiqotlari Islom, mustamlakachilik, Markaziy Osiyo va Sovet ittifoqi tarixiga qaratiladi. Ilgari olimning
“O’zbekiston tavalludi” asarini “Akademnashr” nashriyoti chop etgan. 1000KITOB
loyihasi doirasidagi
“Musulmon madaniyati islohoti siyosati: Markaziy Osiyoda jadidchilik” (“The Politics of Muslim Cultural Reform: Jadidism in Central Asia”) asari ham ushbu nashriyot tomonidan nashrga tayyorlanmoqda.
● Kitob
ingliz tilida. Uning tarjima huquqi xarid qilinganida Adib Xolidning shaxsan o’zi asarda foydalanilgan iqtiboslarning o’zbek va rus tilidagi asl matnlarini taqdim etishini ma'lum qilgan. Bu tarjima sifatining yana bir daraja ko’tarilishiga sabab bo’ladi.
● Adib Xolid o’z tadqiqotlarida
o‘zbek, fors, turk, rus, ingliz va
fransuz manbalariga murojaat etadi, davlat arxivlaridan foydalanadi. Olim AQSH Milliy gumanitar fanlari jamg’armasi va boshqa
nufuzli tashkilotlar grantlari bilan taqdirlangan.
🙂Telegram |
🙂Facebook |
🙂Instagram |
🙂YouTube