#iqtibos
Yangi tuzum olib kirgan ma’rifat o‘ziga yarasha kuch-qudrat bo‘lib, statistika qo‘mitalari aslida hisoblash imkonsiz narsalarni ham ro‘yxatga olishga intilardi. Avvalroq aytib o‘tganimizdek, maktablar katta yoshdagilar bilan bolalarning o‘zaro munosabatlari asosidagi norasmiy maskan bo‘lsa-da, yangi hukmdorlar ularni to‘laqonli “mahalliy maktab” tarzida bilib, ular borasida ham to‘liq statistik ma’lumotlar yig‘ishni talab qilardi. Ushbu ma’lumotlar o‘ta ishonchsiz bo‘lsa-da, ro‘yxatga olish jarayonining o‘ziyoq maktab tushunchasiga yangi ma’no baxsh etdi. Aholini etnik jihatdan tasniflashdan manfaatdor bo‘lgan yangi tuzum bora-bora etnik toifalarni reallashtirdi va bu kabi tasniflash mahalliy ziyolilarning o‘zlik borasidagi munozaralarida muhim va muqim o‘rin tutishi hali oldinda edi.
📚“Musulmon madaniyati islohoti siyosati: Markaziy Osiyoda jadidchilik”(“The Politics of Muslim Cultural Reform: Jadidism in Central Asia”)✍️ Muallif: Adib Xolid
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X