5 yillik "Vatandosh" kartasiga ega vatandoshlarga quyidagi huquqlar beriladi:- Oʻzbekiston hududiga vizasiz kirish va chiqish;
- mamlakat hududida koʻchmas mulk sotib olishda chet el fuqarolariga nisbatan belgilangan koʻchmas mulkning miqdorlari tatbiq etilmaydi va Oʻzbekistonda yashash guvohnomasi talab qilinmaydi;
- xorijiy fuqaroga beriladigan mehnat faoliyatiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarsiz mehnat faoliyati bilan shugʻullanish;
- Oʻzbekiston fuqarolari uchun belgilangan shartlarda tibbiy, taʼlim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish.
Shuningdek, karta egalarining oila aʼzolariga ham bir qancha imtiyozlar
beriladi.
👉 @kunonline