25 yillik noyob siyosiy karera: Erkinjon Turdimov o‘z rekordini yangiladi
O‘zbekistonda hech qaysi hokimga shu paytgacha ketma-ket to‘rtta viloyat boshqaruvi ishonib topshirilmagan edi. Navoiy, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarining sobiq hokimi Erkinjon Turdimov endilikda Sirdaryo viloyatiga rahbarlik qiladi. U hozirgacha umumiy hisobda 24 yil hokim, 16 yil viloyat hokimi bo‘lib ishlagan. Va bu bejiz emas: Turdimov o‘z malakasi va rahbarlik madaniyati bilan ko‘plab hamkasblaridan yaqqol ajralib turadi.
«Necha marta shartnomani bekor qilishni so‘raganimni bilasizmi?» – Katanets murabbiylik faoliyatini yakunlamoqda
O‘zbekiston milliy jamoasidan iste’foga chiqqan Srechko Katanets sog‘lig‘idagi muammolar sababli murabbiylik faoliyatini katta ehtimol bilan yakunlaganini ma’lum qildi.
Donald Trampning qaytishi qanday oqibatlarga olib keladi?
U Amerika demokratiyasini demontaj qila olmasa ham, davlatchilikni agressiv va utilitar imperiyachilik bilan, egosentrizm bilan, ksenofobiya va islomofobiya bilan zaharlab ketadi.
23-yanvar yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
Bog‘chada kobra o‘ynatganlarga ko‘rilgan chora, Toshkent bozorlaridagi kartoshka narxi, O‘zbekiston iqtisodiyotiga berilgan baho va asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirgan Markaziy bank - o‘tgan kun davomida Kun.uz’da yoritilgan O‘zbekiston yangiliklari bilan tanishtiramiz.
Mask va «ziga»: milliarder Hitlerni olqishlaydigan jestni takrorladimi?
Ilon Mask Trampning inauguratsiya marosimida «ziga»ga o‘xshagan harakatni amalga oshirib, baloga qoldi. Yahudiylar Maskni navbatdagi marta antisemitizmda ayblashdi. Milliarder esa «Hammangiz Hitlersiz» degan mantiqsiz ayblov joniga tekkanini aytdi.
Rivojlanayotgan bozorlar bu safargi global inqirozdan ancha yaxshi o‘tgani aytildi
“Eslab ko‘ring, avvallari AQSh Federal zaxirasi foiz stavkalarini 450 bazaviy punktga oshirsa, pandemiya ro‘y bersa, energiya narxlari keskin oshib ketsa, rivojlanayotgan bozorlarda hozirgidan ancha ko‘proq sarosima kuzatilardi. Oxirgi yillarda bunaqa bo‘lgani yo‘q”, dedi Xalqaro valuta jamg‘armasi direktor o‘rinbosari Gita Gopinat. U Davosdagi nutqida bunga qanday qilib erishilganini aytdi.
Iqlimshunos dehqonlar va meteorologlar o‘rtasida doimiy aloqa o‘rnatishga chaqirdi
Fermerlarga ob-havo prognozlari borasida qancha ertaroq va qancha chuqurroq ma’lumotlar taqdim etilsa, shuncha yaxshi. Iqlimshunos Erkin Abdulahatov Kun.uz studiyasidagi suhbatda bu borada tizimli mexanizm tashkil etish zarurligini aytdi.
Tramp va neft: AQShning yangi prezidenti «energetik ustunlik»ka qanday erishmoqchi?
Donald Tramp AQShni dunyoning yetakchi energetik davlatlaridan biriga aylantirishni va faqatgina Amerikada emas, balki butun dunyoda ham arzon neft va suyultirilgan gaz bilan ta’minlashni va’da qilmoqda. Bu ishlarning barchasi Jo Baydenning «yashil» siyosatiga qasddan qarshilik qilish maqsadini ko‘zlagan.
“Ingliz tili katta imkoniyatlar eshigini ochishini erta tushunganman” - Harvard universitetiga 100 foizlik grant yutgan farg‘onalik yigit hikoyasi
Oltiariqlik 17 yoshli Azizbek Zaylobiddinov hozir Toshkent xalqaro Vestminster universiteti qoshidagi akademik litseyning 2-bosqich o‘quvchisi. IELTS’dan 8, SAT imtihonidan 1520 ball olgan. 2024 yilda dunyoning nufuzli oliygohlaridan biri Harvard universitetiga 100 foizlik grantni qo‘lga kiritdi. U Kun.uz bilan suhbatda top universitetga kirishning uddasidan qanday chiqqani haqida so‘zlab berdi.
“AQSh o‘z uyiga qaytyapti” - Tramp nega tashqi dunyoga xarajatlarni kesyapti?
Tramp Amerikani yana Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan, shuningdek, iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij kelishuvidan olib chiqmoqda. U imzolagan boshqa bir hujjat bilan, AQShning boshqa mamlakatlarga yordam ko‘rsatish dasturlari 90 kunga to‘xtatildi. Kun.uz muxbiri siyosiy tahlilchilardan Donald Trampning bu qarorlari ortida turgan motivlar haqida so‘radi.
2030 yilgacha kamida 100 ta «Yangi O‘zbekiston» massivi quriladi
2025 yilda «Yangi O‘zbekiston» massivlari infratuzilmasi uchun 1,2 trillion so‘m beriladi. Yangi massivlar uchun yerlar kamida 70 ming odam yashaydigan tuman markazi yoki shahar hududiga 1-2 kilometr masofadagi joydan ajratiladi.
«Siti» pley-offga endi qanday chiqadi? YChLning so‘nggi turi arafasidagi vaziyat
Turnirning yangi formatida so‘nggi turidan oldin ko‘plab intrigalar bor. Abduqodir Husanov YChLda faqat pley-offdan boshlab ishtirok etishi mumkin, «Siti» esa «PSJ»ga yutqazgach, pley-off zonasidan tashqariga chiqib ketdi. Startni muvaffaqiyatsiz o‘tkazgan «Real» kuchli sakkizlikka kirib olishi ham mumkin.
“Iqtisodiyotni iqlim o‘zgarishiga moslashtirish zarur” - Senat raisi
Tanzila Norboyeva 2025 yilda mamlakat rivojlanishining ustuvor yondashuvlari belgilanganini ma’lum qildi. Senat raisiga ko‘ra, belgilangan har bir maqsad va vazifa Global Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan hamohang.
“Manchester Siti” Abduqodir Husanov transferini e'lon qilganidan, oʼzbekistonlik himoyachi “shaharliklar” safida 45-raqamda oʼynashidan xabardor bo'lib ulgurdingiz. Bu videoda Husanov uchun kurashgan jamoalar, Gvardiolaning futbolchi haqidagi dastlabki fikrlari toʼgʼrisida soʼz boradi.
Toshkent–Xo‘jakent elektropoyezdi yo‘nalishi 1,5 kilometrga uzaytirilib, poyezdlar “Chinorkent” bekatigacha boradigan bo‘ldi. Shuningdek, Parkent tumanidagi so‘lim maskanlarga borishni qulaylashtirish uchun 24 kilometrlik Baytqo‘rg‘on–Parkent elektrlashtirilgan temiryo‘li qurilishiga start berildi.