View in Telegram
Bakiroo qaror qabul qiluvchilarni o'yga toldirishi kerak bo'lgan ikki muhim jihatga e'tibor qaratmoqda: - jon boshiga YAIM O'zbekistonga qaraganda 37%ga past bo'lgan Qirg'izistonda o'qituvchilar oyligi Oʻzbekistonga qaraganda balandroq; - O'zbekistondan farqli ravishda, Qirg'iziston o'qituvchilarning o'rtacha maoshi mamlakatdagi o'rtacha maoshdan kam emas. Boshqa sohalardagi o'rtacha maoshlar, inflyatsiya va boshqa faktorlarni hisobga olganda, O'zbekiston o'qituvchilari kambag'allashishda davom etmoqda. Vazirlik esa hech qanday tadqiqotlarsiz, hatto o'zi taklif qilgan xorijiy ekspertlarning fikrlariga qaramasdan xorijdan o'qituvchilarni taklif qilish va ularga peshonasida O'zbekistonda tug'ilish yozilgan o'qituvchilarning tushiga ham kirmaydigan maoshlar va imtiyozlar berishda davom etmoqda. Hamda vazir 1% o'qituvchilar 10 mln olishi bilan maqtanishda davom etmoqda. Men, masalan, vazirning o'rnida xalqaro tadbirlarda bunday statistikani aytishdan uyalgan bo'lardim ...
Telegram Center
Telegram Center
Channel