View in Telegram
Olimlarning gapi chikora, bizning "oʻzimizga xos oʻzimizga mos" yoʻlimiz bor Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirol: "Monopoliya bor ekan, davlat iqtisodiy taraqqiyotdan umid qilmasa ham boʻladi". Bir savol. Biz baribir "oʻzimizga xos oʻzimizga mos" yoʻldan voz kechmaymiz-ku, toʻgʻrimi? Biz baribir "mahalliy ishlab chiqaruvchini qoʻllash", "ishchi oʻrni yaratish", "valyuta chetga chiqmasin", "eksportga yoʻnaltirilganlik" degan ming turli, oʻxshamagan bahonalar bilan qashshoq xalqni yanada qashshoqlashtiradigan monopoliyalarni qoʻllashda, yanada yangi cheklovlarni joriy qilib, oddiy aholini tanlash imkoniyatidan mahrum qilishda davom etaveramiz-ku, toʻgʻrimi? Shunday boʻlsa, falon pulga forumlar oʻtkazish, Nobel sovrindorlari-yu boshqa kazo olimlarni olib kelishdan nima maʼno?
Telegram Center
Telegram Center
Channel