View in Telegram
Forwarded from Mulohaza...
Hayotda savdolashib bo'lmaydigan , savdolashsang hurmatingni yer bilan bitta qiladigan holatlar mavjud ! Bulardan biri bilim ! Oladigan bilimingni hech qachon bozorda savdo qilgandek savdolashma ! Bilimga qancha investitsiya qilsang , u yillar o'tib ortig'i bilan qaytadi ! Ko'nglingni keng qil ! U bir kilo olma yoki kartoshka emaski , arzon qilaman deb izzatingni yo'qotsang ! U sen bilan bir umr qoladi ! Mehr ! Mehr o'zi tekin , lekin shuning uchun ham qadrsiz ! Kimga mehr bersang , albatta o'shandan vafosizlik , qadrsizlik va xiyonatni kut ! Xafa bo'lma bu haqiqat ! Shuning uchun ham uni eng avvalo o'zingga ber , o'zingdan ortsa boshqalarga ! Qolmasa majbur emassan ... Vijdon ... Ehhe , o'ylashing mumkin , buni bemalol savdolashib sotib olaman deb ! Do'stim , hammani o'zingga o'xshagan past deb o'ylama ! Hayotda Alloh tomidan ayrim insonlarga vijdon ne'mat qilib berilgan , senga o'xshaganlar uni pul bilan o'lchab o'lib ketadi , afsus ! Sadoqat ! O'ta nozik nuqta .. Uzr , lekin buni aytishga majburman ! Sadoqatni dunyo matohlari bilan sotib ololmaysan ! U o'ta sof tuyg'u , u tanlanganlarda bo'ladi , uni pul, obro' bilan sotib olishni o'ylab ham o'tirma ... Sen U zotga sadoqatli bo'l , o'zi senga vafolilarni ro'baro' qiladi ... Ey inson , savdolashma. .. Bu jabhalarda savdolashib dillarni og'ritmaki , misqollab yig'gan obro'-yu , martabang bir soniyada puchga chiqadi ! Eng yomoni 4 ta tangang deb inson nomingga dog ' tushirasan !
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily