Eng sara ma'lumotlar faqat bizda...
Zakovat savollari, qisqa faktlar, quiz viktorinalar, qiziqarli ma'lumotlar, xit musiqalar, ibratli postlar, mashhur shaxslardan iqtiboslar, yumoristik xabarlar...
Reklama uchun: @Warrior0798
Kanalga reklama berish narxlari yanada arzonlashdi. Bonuslar 1 hafta amal qiladi. Reklama berish uchun: @Warrior0798 profiliga yozing. Shoshiling bonuslar soni cheklangan.
(*Eslatma: diniy, siyosiy, +18 mavzulardagi postlar reklama qilinmaydi.)
Edip kompleksi - Zigmund Freyd asarlarida uchraydigan termin bo'lib, mohiyati og'il farzandning otasini o'ziga dushman bilib, o'z onasini sevib qolishidir. Bu termin nomi o'z otasini o'ldirib, onasiga uylangan Shox Edip nomi bilan bog'liq.
Elektra kompleksi - qiz farzandning onasini o'ziga raqib deb bilib, otasiga nisbatan muhabbatning shakllanishi. Bu termin yunon afsonasidagi Agamenon va Klitemnestraning qizi Elektra nomidan olingan. Elektra otasiga bo'lgan muhabbatini isbotlash uchun onasi va uning oshig'i Egisfdan qasos oladi.
Bu psixologik jarayon oilada rivojlanmasligi uchun ota-ona barcha farzandlariga bir xil mehr berishi kerak.
Berjerak - frantsuz dramaturgi, faylasufi, shoir, yozuvchi va soqchi. Edmond Rostandning "Sirano de Beejerak" spektakli qahramoni prototipi.
Berjerak juda katta va uzun burunga ega bo'lgan. Uning yonida "burun" so'zini aytish duel bilan tugagan. Qizig'ini qarangki Disney tomonidan yaratilgan "Qutqaruvchilar" multfilmida bir necha bor ko'rinish bergan "Seronos de Berjerak" laqabli alligator o'z laqabini Berjerak sharafiga olgan. Chunki bu personajning tumshug'i Berjerakning burnidek uzun bo'lgan.
Gibson qizlari - XIX-XX asr boshlarida amerikalik rassom Charlz Dana Gibson tomonidan yaratilgan ayol go'zalligining timsolidir. Gibson qizlari birinchi jahon urushidan oldingi yigirma yil davomida juda mashhur bo'lgan. Do'konlarda "likopchalar, kuldonlar, dasturxonlar, yostiq jildlari, qoshiqlar, kepkalar va soyabonlarda Gibson qizlari tasviri tushirilgan.
Gibson qizlari baland bo'yli, ingichka, tor belli, katta ko'krakli va keng sonli bo'lgan. Ularning bunday qum soatiga o'xshash siluetiga korset orqali erishilgan. Gibsonning eng mashhur modeli aktrisa Kamil Klifford edi.
Gibson qizlari figurasi - gitaraga ham o'xshardi. Bu qiziq tasodif, chunki Gibson mashhur gitara ishlab chiqaruvchilardan biri edi. Rasmda "Gibson gitarasi" va uning qizlari tasviri ko'rsatilgan.
Fernando Botero - (1932-2023) kolumbiyalik rassom va haykaltarosh bo'lib, o'zining "boterizm" uslubi bilan mashhur. Uning yaratgan san'at asarlarida qahramonlar haddan tashqari semiz va bo'rttirilgan hajmda gavdalantiriladi. Bu orqali o'ziga xos satira yaratiladi.
Botero o'zini "Kolumbiyalik haykaltaroshlarning eng kolumbiyasi o'zim" deb atagan. Uning yaratgan ishlari xalq orasida "Botero bo'g'irsoqlari" nomi bilan mashhur. Uning o'zini esa hazil tariqasida "Kolumbiya Rubensi" deb atashadi. Rasmlarda uning ishidan bir nechtasi ko'rsatilgan.
Baket list (bucket list) - bu ibora dastlab "chelakni tepmoq" iborasidan kelib chiqqan bo'lib, insonlarning o'limidan oldin qilmoqchi bo'lgan ishlari ro'yxatini ifodalaydi.
2007-yilda suratga olingan "The bucket list" filmi bu iborani mashhur qilib yuborgan.
Krakelyur - (frantsuzcha: "craquelure" - "yoriq") - har qanday bo'yoq qoplamasida (masalan, antiqa avtomobillarda, kartinalarda va boshqa buyumlarda) bo'yoq qatlami yoki lakda paydo bo'ladigan yoriq.
Didjeridu - Avstraliya aborigenlarining puflama cholg'u asbobi bo'lib, 1 metrdan 3 metrgacha uzunlikda yasaladi.
Didjeridu - qurg'oqchilik vaqtida evkalipt daraxtining yumshoq ildizini termitlar yeb, tanasi ichida bo'shliq hosil qilgandan keyin tayyorlanadi. Aborigenlar bu ildizlarni topib, ularni kesib, ichidagi yog'och qipig'ini to'kishadi. So'ngra ildizni sayqallab qabila totemlari tasvirlari bilan bo'yashadi. Didjeriduga puflangan havo termit hosil qilgan bo'shliqlarda yoqimli kuy paydo qiladi.
Asbobning bunday nomlanishi bir tomondan aborigenlar tiliga hurmat yuzasidan bo'lsa, ikkinchi tomondan asbob chalinganda undan faqat "didjeru" degan tovush chiqishiga asoslangan. Like bosishni unutmang.
Amerikalik Jon Bardin fizika bo'yicha ikki marta Nobel mukofotini olgan yagona olimdir. 1956-yilda mukofot topshirilgandan so‘ng Shvetsiya qiroli Bardinni marosimga o‘zining uch farzandidan faqat bittasini olib kelgani uchun tanbeh bergan. Fizik esa qirolga keyingi safar albatta barcha farzandlarini olib kelishini aytadi va 16 yildan keyin va'dasini bajardi.
Bengal olovi - (nem: "bengalisches feuer") pirotexnika vositasi bo'lib, uchqunlanib yonadi. Uchqun tarkibida oksidlovchi sifatida bariy nitrat, yoqilg'i sifatida alyuminiy va magniy kukuni, simga yopishtiruvchi sifatida dekstrin va kraxmal, uchqun hosil qiluvchi sifatida oksidlangan temir bo'ladi.
Bengallar (Sharqiy Hindistonda yashagan) - bambuk naychalarida selitra, oltingugurt va surma sulfid aralashmasini yoqib, signal sifatida bu olovdan foydalanganlar. Shuning uchun bu pirotexnika vositasi "bengal olovi" deb ataladi.
Sizning yashash hududingizda bu vosita nima deb ataladi.
Botanika - (yun: "botane - o't, giyoh, ko'kat") o'simliklarni tashqi va ichki tuzilishini o'rganuvchi fan bo'lib, o'rganish obyektiga ko'ra quyidagi tarmoqlarga bo'linadi.
Vinikunka - Peruda And tog' tizmasida dengiz sathidan 5200 metr balandda joylashgan manzilgoh.
Bu joyning o'ziga xos jihati shundaki tog' jinslarining turlicha rangda bo'lishidir. Kremniy, fosfor va oltingugurt kabi moddalar bu joy rangiga o'zgacha ta'sir ko'rsatadi. Bu joyning ikkinchi nomi "kamalak tog'i"dir.
12. Protozoologiya - bir hujayrali jonzotlar (amyoba, tufelka) ni o'rganuvchi fan.
Bundan tashqari hayvonlarning har bir turini o'rganuvchi alohida fan tarmoqlari mavjud ular haqida keyingi postlarda ma'lumot beramiz. Like bosishni unutmang.
Leprikon - Irlandiya mifologiyasidagi kichik (bolalardan kattaroq) keksa, soqolli odamcha bo'lib, buzg'unchilikni yoqtiradigan yashil kiyimdagi tilaklarni bajaruvchi sehrgar.
Uning nomi anglo-irland tilida "chap poyabzal" deb tarjima qilinadi. Chunki leprikon poyabzal tikishni yoqtiradi. Shuningdek leprikon oltinlarni yaxshi ko'radi. Uning oltinlari kamalakning tugash nuqtasida (oxirida) yashiringan.
Leprikonlar pivoxo'rlik qilishni juda yoqtirishadi. Qovoqxonalar ularning sevimli joylaridir. Bundan tashqari leprikon omad ramzi bo'lib, to'rt bargli beda (yoncha) bilan ko'rinish beradi. Hazilkash, nayrangboz, mug'ombir va mitti mavjudotlar sifatida irland madaniyatida o'z o'rniga ega.
Qaysi multfilm yoki filmda leprikon ko'rinish bergan sahnalar mavjud?
Molossiya Respublikasi - 1977 yilda AQShning Nevada shtatidagi Deyton shahri yaqinida tashkil etilgan virtual davlatdir. Poytaxti va eng katta shahri - Boagston.
Molossiyadagi qonunlar va qoidalarga majburiy harbiy xizmat, o'lim jazosi, so'z erkinligi va chekishni taqiqlash kiradi. Shtat aholisi 37 kishi, jumladan, prezident Kevin Baughning o'zi, uning rafiqasi va ikki farzandi. Shuningdek, Molossiya hududida 3 ta it, mushuk va quyon yashaydi. Bundan tashqari, rasmiy ravishda Molossiya hatto kosmik va yadroviy dasturga ega.
Bongu - Papua-Yangi Gvineya xalqlari so'zlashuvchi til hisoblanadi. Bu til muallifi rus olimi Nikolay Mikluxo-Maklaydir. Bu shaxs Bongu qishlog'ida ilmiy izlanishlar olib borgan.
Maklay 350 dan ortiq so'zlar orqali "bongu" tilini yaratgan. Olim rus bo'lganligi uchun bu tilda ruscha so'zlar ham uchrab turadi.