#malumot
"Bu fan nimani o'rganadi" 2-qism
Botanika - (yun: "botane - o't, giyoh, ko'kat") o'simliklarni tashqi va ichki tuzilishini o'rganuvchi fan bo'lib, o'rganish obyektiga ko'ra quyidagi tarmoqlarga bo'linadi.
1. Algologiya (fikologiya) - suvo'tlarni (dengiz suvo'tlarini) o'rganuvchi fan.
2. Briologiya - mox (yo'sin) larni o'rganuvchi fan.
3. Dendrologiya - daraxtlarni o'rganuvchi fan.
4. Fitopatologiya - viruslar, bakteriyalar va zamburug'lar keltirib chiqaradigan o'simlik kasalliklarini o'rganuvchi fan.
5. Lixenologiya - lishayniklarni o'rganuvchi fan. Lishayniklar zamburug'lar va suvo'tlar qo'shilishidan hosil bo'ladi.
6. Mikologiya - zamburug'larni o'rganuvchi fan.
7. Mikrobiologiya - bakteriya va mikroorganizmlarni o'rganuvchi fan.
8. Virusologiya - viruslarni o'rganuvchi fan.
Botanikaning alohida tarmoqlari ham mavjud bo'lib, ular haqida keyingi postlarda bilib olishingiz mumkin. Reaksiya qoldirishni unutmang.
Do'stlaringizga ham ulashing:
@engengeng888