#malumot
"Leprikon"
Leprikon - Irlandiya mifologiyasidagi kichik (bolalardan kattaroq) keksa, soqolli odamcha bo'lib, buzg'unchilikni yoqtiradigan yashil kiyimdagi tilaklarni bajaruvchi sehrgar.
Uning nomi anglo-irland tilida "chap poyabzal" deb tarjima qilinadi. Chunki leprikon poyabzal tikishni yoqtiradi. Shuningdek leprikon oltinlarni yaxshi ko'radi. Uning oltinlari kamalakning tugash nuqtasida (oxirida) yashiringan.
Leprikonlar pivoxo'rlik qilishni juda yoqtirishadi. Qovoqxonalar ularning sevimli joylaridir. Bundan tashqari leprikon omad ramzi bo'lib, to'rt bargli beda (yoncha) bilan ko'rinish beradi.
Hazilkash, nayrangboz, mug'ombir va mitti mavjudotlar sifatida irland madaniyatida o'z o'rniga ega.
Qaysi multfilm yoki filmda leprikon ko'rinish bergan sahnalar mavjud?
Do'stlaringizga ham ulashing:
@engengeng888