Bavariyaning nufuzli OAV vakillari Buxoroda
Mamlakatimizda Yevropadan sayyohlar sonini oshirish, tarixiy shaharlarimizning turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish hamda ularni mamlakatimiz hayoti bilan yaqindan tanishtirish maqsadida joriy yilning 6-7-noyabr sanalarida Bavariyaning yetakchi nashrlari, telekanallari va blogerlaridan iborat delegatsiya Buxoroga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida o‘zbek madaniyati, urf-odatlari, turizm qishloqlari, madaniy meros obyektlari, hunarmandchilik mahsulotlari, milliy taomlar va umuman turizm sohasida amalga oshirilayotgan eng so‘nggi islohotlar va yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishib, tasvirga olish ishlarini amalga oshirdilar.
Ushbu tashrif Yevropadan, xususan, Germaniyadan keladigan sayyohlar oqimini yanada oshirish va O‘zbekistonning turizm brendini jahon bozorida mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ladi.
Telegram | Facebook | Instagram