#keksalar_turizm_oyligi
#ichki_turizm
Yurtimizning har bir go‘shasi o‘ziga xos tarovatga va qadimiy obidalarga boy. Lekin shu zaminda yashab turib, ha deganda o‘sha go‘zalliklardan bahramand bo‘la olmaymiz.
Shu bois Buxoro viloyati turizm boshqarmasi hamda “Nuroniy” jamg‘armasi Buxoro viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda hududlardagi nuroniylarni respublikamizning diqqatga sazovor go‘shalariga sayohatlarini tashkil etishda amaliy ko‘mak ko‘rsatib kelmoqda.
Xususan, bir guruh nuroniy onaxonlar ko‘hna va navqiron Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalari, muqaddas qadamjolar va zamonaviy inshootlari bo‘ylab sayohatga olib borildi.
– Joriy yilning noyabr oyi mamlakatimizda “Keksalar uchun turizm oyligi” deb e’lon qilinishi yurtimizdagi barcha keksalarni birdek xursand qildi, Samarqanddagi tarixiy obidalarga sayohat qilib, ko‘nglimiz tog‘dek ko‘tarildi. Bunday xayrli tadbirlarni tashkil qilganlardan benihoya minnatdormiz – deydi faxriylardan biri.
Telegram | Facebook | Instagram