Buxoro viloyati Yosh turizm elchilari kengashi va Qirg‘iziston Respublikasi talabalar assotsiatsiyasi o‘rtasida yangi hamkorlik memorandum imzolashga kelishildi.
🌐 Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari:
🎓 Iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni zamonaviy ilm-fan va turizm sohasiga jalb etish
🤝 Volontyorlik harakatini kengaytirish
🌟 Yetakchilik va kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish
🌍 Yoshlarning turizm sohasidagi liderlik salohiyatini oshirish
Bu kelishuv ikki mamlakat yoshlari o‘rtasida do‘stlik, bilim va tajriba almashinuvi yo‘lida muhim qadam bo‘ladi!
⚡️“Rahbar va yosh turizm elchilari uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi
Shundan so‘ng, yoshlarning fikr va takliflari eshitilib, turizmga oid loyihalar ma’qullanib, turizm serdaromad sohalardan biri ekanligi hamda kelgusida sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishda xorijiy tilni bilishning muhimligi ta’kidlandi.
“Uchrashuvdan koʻzlangan maqsad, yoshlarni kasbga yo‘naltirish, ular ongida turizm sohasi koʻnikmalarini shakllantirish, ma’naviy-intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishdan iborat. Qolaversa, turizm sohasini rivojlantirish yo‘lida biz rahbarlar yoshlarga namuna va koʻmak boʻlishimiz zarurdir” - dedi boshqarma boshlig‘i S.Bobokalonov.
⚡️“Rahbar va yosh turizm elchilari uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi
Bugun mamlakatimizda yoshlarga alohida e’tibor qaratilayotganligi har jabhada namoyon bo‘lmoqda. Yaratilayotgan imkoniyatlardan yoshlarning unumli foydalanayotganligi esa yurtimiz taraqqiyotining kafolatidir.
Joriy yilning 30-oktabr sanasida Buxoro viloyati turizm boshqarmasi boshlig‘i S.Bobokalonov bilan viloyatdagi yosh turizm elchilari, shuningdek, oliy va professional ta’lim muassasalarining iqtidorli yoshlari ishtirokida uchrashuv tashkillashtirildi.
Dastlab, uchrashuv chog‘ida viloyatda turizm sohasini rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan islohotlar, so‘nggi yillarda sohaga doir berilayotgan imtiyozlar, sayyohlar oqimining o‘sish sur’atlari hamda sohada yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.