O'zbekistonda pul jamg’arish: Uy-joy, omonat yoki dollar?
Hozir ko‘pchilik o‘z jamg‘armalarini qayerda va qanday saqlash haqida bosh qotirmoqda.
Ayniqsa, O‘zbekistondagi omonatlarni kafolatlash tizimiga
o‘zgartirish kiritilayotgani bu mavzuni yanada aktuallashtirdi.
Shu sababli, jamg‘arma uchun dollar yoki uy-joy alternativ sifatida ko‘rilyapti.
Ha, bu variantlar keng tarqalgan bo‘lishi mumkin, lekin har doim ham omonatning o‘rnini bosolmaydi.
Sababi oddiy
Dollar likvidlik jihatidan yaxshi bo‘lishi mumkin, chunki uni istalgan vaqtda yaxshi narxda sotish mumkin. Ammo u daromadlilik nuqtayi nazaridan zaif.
Oddiy misol – so‘nggi uch yilda O‘zbekistonda narxlar
31 foizga, dollar esa
17 foizga oshdi.
Ya’ni u hatto inflyatsiyadan himoya qilolmaydi, foyda haqida gapirmasa ham bo‘ladi.
Ko‘chmas mulk
Uy-joy bilan esa vaziyat biroz boshqacha. U qattiq valyutada (dollar, yevro)
15-25 foizga qimmatlashadi va yaxshi daromad keltiradi.
Lekin bunda pulni chiqarib olish uzoqqa cho’zilishi muammo bo’ladi.
Masalan, omonatni bir daqiqada naqdlashtirish mumkin bo‘lsa, uy-joy bilan buning imkoni yo‘q.
Buning ustiga, hozirda aholining uy-joy sotib olish qobiliyati pasaymoqda va savdo avvalgidek
yaxshi bo‘lmayapti.
Umuman olganda
O‘zbekistonda katta miqdordagi mablag‘larni jamg‘arish uchun variantlar yetishmaydi. Boshqa mamlakatlardan farqli o‘laroq, tanlov juda kam.
To‘g‘ri, hozir yangi pay investitsiya fondlari ochilyapti, lekin ularga nisbatan hali savollar yetarlicha.
Shuningdek, ayrim banklar kapitalni boshqarish bo‘yicha xususiy banking xizmatlari ustida ishlamoqda. Lekin bu soha ham hali keraklicha yo‘lga qo‘yilmagan.
Eng yaxshi variant
Bunday sharoitda so‘mdagi omonatlar yaxshiroq. Ularda:
⏺ likvidlik yaxshi – pulni bir daqiqada yechib olish mumkin;
⏺ daromadlilik ham yaxshi – foiz stavkalari inflyatsiyani qoplaydi va
5-15 foiz sof foyda beradi.
Shunchaki, barcha pullarni bitta bankda saqlash o‘rniga, bir nechta bankda omonatlar ochish kerak, xolos.
Shunday qilib, foizlar ham to‘planadi, kafolat ham
100 foiz bo‘ladi.
Ha, yaxshisi, omonatni qonun kuchga kirgunga qadar ochgan ma’qul.
@beshtorr
#investitsiyalar #vaziyat #pul