View in Telegram
Hozir haqiqatan ham O‘zbekistonda inqiroz bormi? So‘nggi oylarda inqiroz haqida ko‘p gapirilmoqda. Hammasi bo‘sh bozorlarning (sotuvchilar bor-u, xaridorlar yo‘q) videolaridan boshlandi. Shundan so‘ng sahnaga «tahlilchilar» chiqdi: ☯️Biri, odamlar bozorda yoq, chunki ularning puli kamayib qolgan, deydi. Buning sabablaridan biri — mehnat muhojirlaridan pul o‘tkazmalari qisqargani emish. ☯️Boshqasi, barcha sohalarda sotuvlar pasaygan, chunki xaridorlar marketpleyslarga (masalan, Uzum’ga) o‘tib ketgan, deb ta’kidlaydi. ☯️Yana biri esa marketpleyslarda ham ahvol yomon, chunki jahon inqirozi O‘zbekistonga yetib keldi, deb javob berdi. Buni barchasini aniqlab olish vaqti keldi. Barcha aytilgan sabablar — noto‘g‘ri Mehnat muhojirlari kamroq pul yubora boshlashmadi. Aksincha, pul oqimi 25 foizga oshib, 6,5 milliard dollarga yetdi. Bu o‘tkazmalar juda muhim — ular ko‘pchilik aholining ikkilamchi daromadlarining asosini tashkil etadi. Ya'ni, O‘zbekistonga chet eldan qancha ko‘p pul yuborilsa, o‘zbekistonliklar shuncha ko‘p sarflaydi. Birlamchi daromadlarga kelsak, bu yil kartalarga o‘tgan yilga nisbatan 30 foiz ko‘p pul tushmoqda. Bu narxlarning yillik o‘sishidan (10,6%) yuqoridir. Hammada sotuvlar pasaygani haqida fikr ham noto'g'ri. Aksincha, bu yil barcha sohalarda, ayniqsa xizmat ko‘rsatishda, tovar aylanmasi yaxshiroq o‘smoqda. Marketpleyslarda ham shu holat. Masalan, Uzum Market’da ham buyurtmalar, ham sotuvchilar soni bir necha barobar oshdi. Va, nihoyat, O‘zbekistonga «shamoli kelgan» hech qanday global inqiroz ham yo‘q (jahon iqtisodiyoti 3,2 foizga o'sishi kutilmoqda). Demak, hammasi yaxshi ekan-da? Yo’q ) Avtomobil savdosi keskin tushib ketdi, uy-joy savdosi esa o‘sishni to‘xtatdi. Mana kimda haqiqatan ham inqiroz bor. Ammo bu tushunarli inqiroz — bu bozorlarda narx pufaklari mavjud. Pufak esa, o‘z-o‘zidan, doimo o‘sib bora olmaydi. Bu yil jarayon sekinlashdi va bu sotuvlarga ta’sir qildi. Shu bilan birga… Ko‘plap sohalarda kompaniyalar soni qisqargan. Bo‘sh ish o‘rinlari bilan ham shunga o'xshash holat. Ha, bu har yoz bo‘ladi, lekin bu yilda o‘tgan yillarga qaraganda kuchliroq sezilmoqda. Ammo bu ikki omil inqiroz bor deyish uchun yetarli emas. Hozirgi vaziyat O’zbekiston aholining xarid qilish madaniyati o‘zgarayotganiga, bozorlar esa birinchi bo‘lib buni his qilayotganiga ko’proq o‘xshaydi. Foto: Taylor Weidman/Bloomberg @beshtorr #iqtisodiyotYo‘q
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram Center
Telegram Center
Channel