Bu yil UzAuto Motors soatiga 437 mln foyda olyapti ekan
UzAuto Motors birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha
hisobot berdi.
Unga ko‘ra, kompaniyaning 6 oylik sof foydasi
1,9 trln so‘mni tashkil qilgan.
Oddiy qilib aytganda, bu yilda kompaniya:
⏺ daqiqasiga
7,3 mln so‘m
⏺ soatiga
436,7 mln so‘m
⏺ kuniga
10,4 mlrd so‘m
⏺ oyiga 318,8 mlrd sof foyda olyapti.
Siz bu postni o‘qib bo‘lguningizcha, kompaniya
3-4 mln so‘mga boyib ulguradi )
Shu bilan birga, O‘zbekistonda avtomobil savdosi pasaymoqda
O‘tgan yilga nisbatan “inomarkalar” savdosi
46,5 foizga
qulab tushdi, biroq mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar bilan vaziyat ancha yaxshiroq — ularda bor-yo‘g‘i
6 foizlik pasayish kuzatildi.
Sabablar haqida bu yerda
aytib o‘tilgan edi, takrorlashning hojati yo‘q.
Shunchaki ta’kidlash joizki, bu yil UzAuto Motors tarixidagi moliyaviy tarafdan eng muvaffaqiyatli yil bo‘lishi mumkin.
P.s. UzAuto Motorsdagi mavjud sharoitlarda muvaffaqiyatli bo‘lish mazza bo‘lsa kerak.
Foto: UzAuto Motors
@beshtorr
#kompaniyalar #avto