View in Telegram
Nega O‘zbekistonda avtomobillar savdosi pasaymoqda Yil boshidan avtomobil savdosi pasayib borayotgani haqidagi xabarni ko'rgan bo'lishingiz mumkin. Bu muhim mavzu, shuning uchun uni tahlil qilish va aniqlashtirish vaqti keldi. Asosiy sabab — avtokreditlar Banklar qancha ko'p avtokreditlar bersa, shuncha ko'p avtomobillar sotiladi va aksincha. O‘zbekistonda bir necha yildan beri shunday. 2023-yilning yanvar-mart oylarida o’zbekistonliklar 7,5 trillion so‘mga avtokreditlar oldi. 2024-yilning yanvar-mart oylarida esa bor yo’g’i 4,2 trillion so‘mga. Ya'ni, joriy yilda avtokreditlar hajmi 44 foizga kamaydi. O‘tgan yil davomida banklar tomonidan oyiga o‘rtacha 3 trillion so‘mga avtokreditlar berilgan bo‘lsa, hozirda bu ko’rsatkich 1,5 trillion so‘mni tashkil etmoqda. Nega avtokreditlar kamaydi Ayrim banklar shu qadar ko'p avtokreditlar berdiki, bu O'zbekistonning butun moliya tizimi barqarorligiga tahdid sola boshladi. Shu bois, Markaziy bank tartibga solishni kuchaytirdi va banklar endi avvalgidek ko‘p avtokredit bera olmaydi. O'z navbatida, avtokreditlarining kamayishi avtomobillar savdosining qisqarishiga olib keldi. Bu yaxshimi yomonmi Bir tomondan bozor qizib ketgan edi, endi esa talab kamaydi, narxlar ham pasaydi (lekin unchalik emas). Banklar uchun xavflar biroz kamaygan, butun moliyaviy tizim biroz barqarorlashgan. Bu hammasi yaxshi. Boshqa tomondan, ba'zi banklar va avtosalonlarning daromadlari kamaygan bo’lishi mumkin. Ba'zi odamlar esa avtokredit olaman deb banklar o'rniga boshqa joyga (xufiyona iqtisodiyotga) murojaat qilgan bo’lishi mumkin. Bu endi unchalik yaxshi emas. Nima bo’lganda ham, vaziyat biroz tinchlandi, avtomobil va avtokredit bozorlarning o'sish sur'atlari g'ayritabiiylikdan normal holatga qaytadi. Shunaqa gaplar. Rasm: UzAuto Motors @beshtorr #avto #banklar #bozor
Telegram Center
Telegram Center
Channel