View in Telegram
Barcha hududlarda yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni bosqichma-bosqich "yashil energiya" uylariga aylantiriladi Buni rag‘batlantirish maqsadida quriladigan uy-joyni energiya bilan ta’minlash uchun quyosh elektr stansiyalari bilan shartnoma tuzgan developerlarga bunday uylar uchun foyda solig‘i olinmaydi, kredit stavkasi 2 foiz arzon qilib beriladi. Natijada developerning xarajati kamayadi, undan uy olgan odamlarga esa elektr arzonroq bo‘ladi. Bunday "yashil uylar" quradigan developerlarga xalqaro liniyalardan mablag‘ jalb qilish imkoniyatlari keskin oshadi. 〰️〰️〰️ Uy-joy qurishda asosiy e’tiborni eskirgan uylar o‘rnida renovatsiya asosida zamonaviy ko‘p qavatli uylarni ko‘paytirishga qaratish zarurligi ta’kidlandi. Renovatsiya hisobiga yerdan foydalanish samaradorligi 4-5 karra oshadi, kommunikatsiya xarajati 2 karra kamayadi. Asosiysi, bu orqali shu hududdagi odamlarning dunyoqarashi o‘zgaradi, turmush tarzi tubdan yaxshilanadi, savdo-servis, ish o‘rni ko‘payib, iqtisodiyot rivojlanadi. Renovatsiya asosida bu yil 20 ming xonadon qurilishini tashkil qilish zarurligi qayd etildi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily