Raddiya: Bolalar ko‘prik ochilishi tadbiri boshlanishidan oldin qaytarib yuborilganBolalar ombudsmani rasmiy telegram kanalida Denov tumanida ko‘prik ochilishi tadbirida o‘quvchilarni sovuq havoda yupun kiyimda tadbirga jalb qilingani aks etgan video yuzasidan bugun, 2025-yil 6-yanvar kuni bergan
axboroti ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar va internet saytlarida boshqacha talqin qilinmoqda.
Bolalarni mazkur tadbirga jalb etish viloyat hokimligining tashabbusi bo‘lmagan va viloyat rahbari sovuq ob-havoda bolalarning bu kabi tadbirlarda ishtirok etishiga doimiy qarshi bo‘lib kelgan. Xususan, 2024-yil 6-dekabr kuni Denov tumanida o‘tkazilgan ko‘prik ochilishida ham bolalar hokimlik mutasaddilari tomonidan (viloyat rahbari va boshqa mutasaddilar yetib kelishidan oldin) tadbir boshlanishidan ilgari maxsus avtobusda qaytarib yuborilgan.
Bu haqda ushbu tadbirda bolalar yupun kiyimda qatnashgani yuzasidan materiallar e’lon qilgan telegram kanallar adminlariga ham viloyat hokimligi Axborot xizmati tomonidan tegishli ma’lumotlar
berilgan.
Shu o‘rinda ushbu holatni viloyat hokimi va boshqalar qalin kiyimda ekaniga urg‘u berib, ommani asl holatdan chalg‘itishga urinish, deb hisoblaymiz va bolalarning mazkur tadbirda ishtirok etmaganini yana bir bora eslatib o‘tamiz.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X