Raddiya: Surxondaryo viloyati, shahar va tumanlar mahalliy byudjet loyihalari ochiq e’lon qilingan
Bugun "bakiroo" telegram kanali orqali Toshkent shahri va viloyatlarda mahalliy byudjetlar ochiqligi ta’minlanmaganligi va 2025-yil uchun tasdiqlangan byudjet loyihalari yopiq holatda qabul qilinganligi haqidagi material e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi talablariga asosan 2025-yil uchun Surxondaryo viloyati, Termiz shahri va tumanlar mahalliy byudjetlari to‘g‘risidagi loyihalar belgilangan tartibda jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish uchun "regulation.gov.uz" normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan.
Shuningdek, Xalq deputatlari viloyat, shahar va tumanlar Kengashlarining Surxondaryo viloyati, Termiz shahri va tumanlarning 2025 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risidagi tegishli qarorlari "e-qaror" yagona elektron tizimida ochiq holatda e’lon qilingan.
Mazkur qarorlarni "e-qaror" yagona elektron tizimida quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:➖Surxondaryo viloyati;
➖Termiz shahri;
➖Oltinsoy tumani;
➖Boysun tumani;
➖Muzrabot tumani;
➖Denov tumani;
➖Jarqo‘rg‘on tumani;
➖Qumqo‘rg‘on tumani;
➖Qiziriq tumani;
➖Sariosiyo tumani; ➖Termiz tumani;
➖Uzun tumani;
➖Sho‘rchi tumani;
➖Sherobod tumani;
➖Angor tumani;
➖Bandixon tumani.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram| YouTube |X