➡️Ijtimoiy tarmoqlarda "
o‘quvchilarni sovuq havoda yupun kiyimda tadbirga jalb qilinganligi" aks etgan video tarqalganligi yuzasidan
✅Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganildi.
📌Aniqlanishicha, 2024 yilning 6-dekabr kuni Surxondaryo viloyati, Denov tumani hududidan o‘tgan avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi, temir yo‘l ustidan o‘tgan ko‘prik foydalanishga topshirilib,
ko‘prikning ochilish marosimiga sovuq ob-havoda Denov tumanidagi
14 va 16 - sonli musiqa maktablarining o‘quvchilari (
16 nafar qiz hamda 4 nafar o‘g‘il bola)
tumanning Madaniyat boshqarmasi topshirig‘iga ko’ra yengil bayramona kiyimlarni kiygan holda jalb qilingan.
✍️Ushbu holat yuzasidan Bolalar ombudsmani O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga
bolalarning sog‘ligini xavf ostiga qo‘ygan mas’ullarga tegishli chora ko‘rish va bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan taqdimnoma kiritdi.
🔴Taqdimnoma O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan o‘rganib chiqilib,
bolalarning sog‘ligini xavf ostiga qo‘yilganligi yuzasidan hududning tegishli mansabdor shaxslariga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanildi.
✅Shuningdek, vazirlik tasarrufidagi tashkilotlarga yuqorida qayd etilgan qonun buzilish holatlariga takroran yo’l qo‘ymaslik,
o‘quvchilarni har qanday tadbirlarga asossiz jalb qilishni qat’iyan taqiqlash choralarini ko‘rishga oid ko‘rsatmalar Madaniyat vazirligi tomonidan berildi.
⚠️Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtai nazaridan o‘z kuzatuvini davom ettiradi.
Telegram|Facebook|Instagram