Diqqat, tanlov!EKOLOGIYA, ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH VA IQLIM O‘ZGARISHI VAZIRLIGI
VA O‘ZBEKISTON YOZUVCHILAR UYUSHMASI 2025-yil – Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili munosabati bilan ijodkorlar o‘rtasida “Onajonim – tabiat” ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.
2025-yil mamlakatimizda Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili deb e’lon qilinishi nafaqat bugungi, balki kelajak avlodlar manfaatlarini ko‘zlab tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan muhim tashabbus bo‘ldi.
Bu o‘z navbatida, inson va tabiat o‘rtasidagi muvozanatni saqlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va barqaror rivojlanishni ta’minlashda muhim qadamdir. Shuningdek, ijod ahlining ijtimoiy-ma’naviy faolligi va mas’uliyatini oshirib, yangi badiiy asarlar yaratishga ruhlantirishi tabiiy.
Tanlovga Yangi O‘zbekistonda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va inson faoliyatining tabiatga salbiy ta’sirining oldini olish, sanitariya va ekologik holatni yaxshilashni ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, erkin va farovon yurtda barkamol avlodni tarbiyalash, xalqimizda ona Vatanni, uning ne’matlarini asrab-avaylash tuyg‘usini kuchaytirish, ajdodlarimizdan meros havo, yer va yer osti boyliklari, o‘simlik va hayvonot dunyosini asrashdek milliy qadriyatlarimizni, ijtimoiy hayotdagi yutuqlarimizning barchasi ona tabiat bilan chambarchas bog‘liq ekanini yosh avlod qalbiga
va ongiga singdirish kabi ezgu g‘oyalar hayotiy misollar, teran fikr-mulohazalar bilan tarannum etilgan, shuningdek, soha fidoyilarining hayoti va yutuqlari, obodlik, farovonlik yo‘lidagi intilishlarini yoritib beruvchi she’rlar, hikoyalar, dramatik hamda badiiy publitsistik asarlar qabul qilinadi.
Ijodiy ishlar 2025-yil 20-mayga qadar qabul qilinadi.
Hakamlar hay’ati tomonidan g‘olib deb topilgan ijodkorlar 5-iyun – Butunjahon atrof muhit kuni arafasida “Eng yaxshi she’riy asar”, “Eng yaxshi hikoya”, “Eng yaxshi dramatik asar” va “Eng yaxshi badiiy publitsistik asar” nominatsiyalari bo‘yicha quyidagi tartibda pul mukofotlari, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
bitta birinchi o‘rin – bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida;
bitta ikkinchi o‘rin – bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida;
bitta uchinchi o‘rin – bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida.
Tanlovga taqdim etilgan asarlar saralanib, kitob holida chop etiladi.
Tanlovga taqdim etiladigan asarlarning asl yoki elektron nusxasi muallifning telefon raqami va pasport nusxasi bilan birga quyidagi manzilga yuborilishi lozim:
Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, Adiblar xiyoboni, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi.
E-mail: badiiy_adabiyot@mail.ru
Murojaat uchun telefon: (71) 231-83-69.