🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
🗓 Joriy yilning 23-yanvar sanasida Xorazm viloyat teleradiokanali va Xiva shahridagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi bilan belgilangan reja jadvalga ko‘ra hamkorlikda "Mahorat darsi" bo‘lib o‘tdi.
📺Mahorat darsida televedinya xodimlari mahoratli rejissyor Sh. Rajabov va montaj ustasi R. Sapayev tomonidan "Rejissura, tasvirga olish va montaj amaliyoti" mavzusi bo‘yicha mashg‘ulotlarni olib bordilar.
🔸Mashg‘ulotdan so‘ng, maktabning tarbiyachi-pedagogi Xorun Muso va o‘quvchilar televedinya binosidagi tele va radio efir maxsus xonalari, ko‘rsatuvlarni montaj jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar.
🗓 Joriy yilning 21-yanvar sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug'bek tavalludining 630 yilligi munosabati bilan "Zakovat quiz" bellashuvi o‘tkazildi.
🔘Bellashuvda maktabning barcha sinflaridan tashkil topgan bilimdon, zukko o‘quvchilar jamoalari ishtirok etdilar.
🧩 Bellashuvni maktabning terma jamoasi aʼzolari olib bordilar. Qatnashuvchilarga bir-biridan qiziqarli, soha va fanga oid bo‘lgan savollar taqdim qilindi.
📊Ushbu yangicha yo‘nalishdagi turnir barchaga birdek manzur bo‘ldi.
🗓 Joriy yilning 21-yanvar sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilariga O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi Boltaboy Bekmatov tomonidan "Badiiy asar, adabiy badiiy asar, adabiy asar" mavzusida mahorat darsi o'tkazildi. ➡️ Mashg‘ulot davomida adabiyotda badiiy so‘z san'atining qo‘llanilishi, zamondosh ijod olami vakillarining ijodi va ularning ijodkorlik nazariyasi haqida tushunchalar berildi.
❇️Qiziqarli savol-javob tariqasida o‘tkazilgan mashg‘ulot davomida ijodkor o‘quvchilar tomonidan ijod namunalari o‘qib eshittirildi.