Bugun Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazida The World Bank vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda ta’lim sohasida bo'layotgan o’zgarishlar haqida so’z yuritildi. Uchrashuvda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufiagi tegishli tashkilotlarning Markaz bilan hamkorlikda ishlab chiqqan O‘zbekiston ta’lim tizimiga oid Milliy baholash dasturini ma’qullash va jarayonga tatbiq etish bosqichlari, mexanizmlari, elektron platforma hamda undagi savollar bazasi haqida so‘z yuritildi. Suhbat davomida mehmonlar O’zbekiston ta’lim tizimidagi o’zgarishlar, xususan, boshlang'ich sinf o‘quvchilariga sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda o'qitish sistemasining Adaptive platformasidan foydalanish haqida gapirdilar. Yangi O'zbekiston maktablarida baholash sistemasini xalqaro PISA, TIMSS, PIRLS standartlariga va talablariga moslashtirish ishlarini olib borish taklif etildi.