View in Telegram
Otamning yangi kitoblari nashrdan chiqdi. Otam bizlarga, nevaralarga kitobdan sovgʻa qilib berdilar. 3.5 yoshida dadasini frontga -urushga joʻnatgan bola taʼsurotlari, urush davri qiyinchiliklari, otasidan qora xat kelgach biyim bilan koʻrgan qiyin kunlari, oʻsmirlik davri mehnat mashaqqatlari bir - bir hikoya qilinadi. Men yigʻlab oʻqiyapman. Homilador biyim qoʻlida bir bolasi bilan erini urushga joʻnatib, koʻrgan ogʻir kunlari, eridan qora xat olib, keyin tugʻilgan bolasidan ham kasallik tufayli judo boʻlgani, otamni kasalliklardan asrab avaylab,qattiq mehnat qilib oʻstirgani - bularni biz nevaralar yigʻlamay oʻqiy olmaymiz. Rahmatli Barno biyimni juda yaxshi koʻrardik. Qanday metin irodali, vafodor, kuchli ayol boʻlgan ekanlar. 80 yoshlarigacha yolgʻiz yodgori bir oʻgʻlidan tugʻilgan biz 6 nafar nevaralarni ham boshlariga koʻtarib ardoqlab oʻstirdilar. Shunday buvim boʻlganligidan doim faxrlanamiz. Keyin kitob davomida otamning mehnat bilan, ilm bilan oʻqib, oʻrganib ,izlanib erishgan yutuqlari, martabalari, halol mehnatlari evaziga ustoz - rahnamolari Sharof Rashidovdan koʻrgan yaxshiliklari ham hikoya qilinadi. Rahbarlik lavozimlarida qilgan halol mehnatlari samarasi oʻlaroq bugungi kunda el ardogʻida va hurmatida yashayotgan, 86 yoshida ham shunday ibratli kitob yozayotgan otam bilan faxrlanamiz! Kitobxon urush dahshatlarini, yetim bolaning koʻrgan qiyin kunlarini oʻqib bugungi farovon kunlarining shukronasini qiladi, bir insonning ilm va halol mehnat bilan erishgan yutuqlaridan saboq oladi, ibrat oladi. @zahro_rajabova
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily