#PSIXOLOGIK_TEST
OʻZ KUCHINGIZ VA KAYFIYATINGIZ ANIQLAB OLING
Hayotda shunday lahzalar boʻladiki, inson oʻzini xuddi boshi berk koʻchaga kirib qolgandek his eta boshlaydi. Yorugʻ dunyodan umidlari soʻnadi. Nimalar boʻlayotganini anglay olmay azoblanadi. Toʻxtang, boshingizga tushgan barcha yaxshi-yomon ishlar xarakteringiz tufayli boʻlmasin tagʻin!.. Toʻgʻri-da, koʻpchilik oʻz xarakterini oʻzi yaxshi bilmay turib, aybni boshqalarga qoʻyishi hech gap emas. Quyidagi test esa oʻz xarakteringizni chuqurroq bilib olishga koʻmak beradi degan umiddamiz.
👉1. Doʻstlikni qadrlaysizmi?
A) Ha — 1 ball
B) Yoʻq — 0 ball
👉2. Yangilikka intilasizmi?
A) Ha — 0 ball
B) Yoʻq — 1 ball
👉3. Tez-tez yangi kiyimlar xarid qilishni xush koʻrasizmi?
A) Ha — 1 ball
B) Yoʻq — 0 ball
👉4. Bahona, sababsiz ham feʼlingiz oʻzgarishi mumkinmi?
A) Ha — 0 ball
B) Yoʻq — 1 ball
👉5. Bola ekaningizda voyaga yetib egallamoqchi boʻlgan kasbingizni uch martadan koʻp almashtirganmisiz?
A) Ha — 0 ball
B) Yoʻq — 1 ball
👉6. Qiyin masalani yechish paytida tez-tez oʻzingizga boʻlgan ishonch soʻnadimi?
A) Ha — 0 ball
B) Yoʻq — 1 ball
👉7. Nimanidir kolleksiya qilish bilan shugʻullanasizmi?
A) Ha — 1 ball
B) Yoʻq — 0 ball
👉8. Soʻnggi daqiqalarda rejalaringizni tez-tez oʻzgartirib turasizmi?
A) Ha — 0 ball
B) Yoʻq — 1 ball
NATIJALAR:
✅6 balldan yuqori: Siz juda tartibli, xalq tilida aytganda, oʻzini bosib olgan insonsiz. Ota-onaga ham, boshliq, doʻstlaringizga ham sira ortiqcha tashvish keltirmaysiz.
✅3 dan 6 ballgacha: Kayfiyatingiz, feʼl atvoringiz tez-tez almashinib turadi. Esingizda boʻlsin, bir xil xarakterga va kayfiyatga erisha bilish hayotda tengsiz omad keltirishi mumkin.
✅3 balldan kam: Nega oʻz kuchingizga ishonmaysiz? Uydagilarga koʻproq suyanish va ish joyi ning oʻzidan yaqin doʻstlar orttirish lozim.
👉@yordamchi_psixolog