Yordamchi psixolog

Channel
Logo of the Telegram channel Yordamchi psixolog
@yordamchi_psixologPromote
9.94K
subscribers
Kanalda sizlar uchun psixologiyaga oid ma'lumotlar metodika, testlar, qo‘llanmalar hamda trening mashg‘ulotlarida foydalanish uchun qiziqarli o‘yinlar berib boriladi Kanal 25.08.2021da tashkil etilgan Murojat uchun @Psixolog_Adhamjon bilan bog'laning
#PSIXOLOGIK_TEST

OʻZ KUCHINGIZ VA KAYFIYATINGIZ ANIQLAB OLING

Hayotda shunday lahzalar boʻladiki, inson oʻzini xuddi boshi berk koʻchaga kirib qolgandek his eta boshlaydi. Yorugʻ dunyodan umidlari soʻnadi. Nimalar boʻlayotganini anglay olmay azoblanadi. Toʻxtang, boshingizga tushgan barcha yaxshi-yomon ishlar xarakteringiz tufayli boʻlmasin tagʻin!.. Toʻgʻri-da, koʻpchilik oʻz xarakterini oʻzi yaxshi bilmay turib, aybni boshqalarga qoʻyishi hech gap emas. Quyidagi test esa oʻz xarakteringizni chuqurroq bilib olishga koʻmak beradi degan umiddamiz.

👉1. Doʻstlikni qadrlaysizmi?
A) Ha — 1 ball
B) Yoʻq — 0 ball
👉2. Yangilikka intilasizmi?
A) Ha — 0 ball
B) Yoʻq — 1 ball
👉3. Tez-tez yangi kiyimlar xarid qilishni xush koʻrasizmi?
A) Ha — 1 ball
B) Yoʻq — 0 ball
👉4. Bahona, sababsiz ham feʼlingiz oʻzgarishi mumkinmi?
A) Ha — 0 ball
B) Yoʻq — 1 ball
👉5. Bola ekaningizda voyaga yetib egallamoqchi boʻlgan kasbingizni uch martadan koʻp almashtirganmisiz?
A) Ha — 0 ball
B) Yoʻq — 1 ball
👉6. Qiyin masalani yechish paytida tez-tez oʻzingizga boʻlgan ishonch soʻnadimi?
A) Ha — 0 ball
B) Yoʻq — 1 ball
👉7. Nimanidir kolleksiya qilish bilan shugʻullanasizmi?
A) Ha — 1 ball
B) Yoʻq — 0 ball
👉8. Soʻnggi daqiqalarda rejalaringizni tez-tez oʻzgartirib turasizmi?
A) Ha — 0 ball
B) Yoʻq — 1 ball

NATIJALAR:
6 balldan yuqori: Siz juda tartibli, xalq tilida aytganda, oʻzini bosib olgan insonsiz. Ota-onaga ham, boshliq, doʻstlaringizga ham sira ortiqcha tashvish keltirmaysiz.

3 dan 6 ballgacha: Kayfiyatingiz, feʼl atvoringiz tez-tez almashinib turadi. Esingizda boʻlsin, bir xil xarakterga va kayfiyatga erisha bilish hayotda tengsiz omad keltirishi mumkin.

3 balldan kam: Nega oʻz kuchingizga ishonmaysiz? Uydagilarga koʻproq suyanish va ish joyi ning oʻzidan yaqin doʻstlar orttirish lozim.

👉@yordamchi_psixolog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mardlarcha skrinshot qilamiz, 14 - Yanvarga kimga nima chiqarkan😅

👉@yordamchi_psixolog
Insonlarni yozuvlari orqali tahlil qilish

Soʻzlar orasidagi boʻsh kataklar koʻp boʻlsa - yozuv sohib yoki sohibasi oʻzini yolgʻiz his qilyapti;

Tartibsiz yozuv - turmushini nazorat qila olmaslikdan darak;

Katta harflar - tartibsizlikdan dalolat boʻlsa

Juda kichik harflar (“chumoli”) - oʻziga ishonchi past, ehtiyotkor, realist, texnika bilan tez til topishadigan insonlarga xosdir;

Uzun xarflar - estetika, mardlik, qobiliyat va adabiyotga mehrdan "soʻzlaydi";

Semiz harflar - ochiqlik belgisi hisoblanadi.

👉@yordamchi_psixolog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Milliarderni boshqa erkaklar bilan ulashgan 12 ta qoidasi.

👉@yordamchi_psixolog
#Bugun

12-yanvar – Butunjahon qiz farzandlar kuni

Butunjahon qiz farzandlar kunini nishonlash tashabbusi Hindistondagi Milliy qiz farzandlar kunidan kelib chiqqan. Bu kun oiladagi mehr va baxt manbai boʻlgan qiz farzandlarni eʼzozlash maqsadida nishonlanadi.

Qiz farzandlarning oʻgʻil farzandlardan aslo kam joyi yoʻq. Qiz farzandingiz boʻlsa bugun uni bagʻringizga bosib, bayrami bilan tabriklab qoʻying, shirin soʻzlaringizni ayamang.
Zero qiyomatda shu qiz farzandlaringiz siz uchun doʻzaxga parda boʻladilar va sizni jannatga olib kirib ketadilar

👉@yordamchi_psixolog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Inson bo‘lishning moxiyati shundaki u har yiqilganida qayta turaveradi, faqatgina o‘lganlargina bu dunyoda qayta tura olmaydilar. Doimo intilib yashang, nimadan qo‘rqsangiz shu bilan do‘stlashingki qo‘rquvingiz tarqalib ketsin, shundagina siz chinakamiga hayot ta’mini seza olasiz...

Xayrli tong yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog
Dunyo manfaatlar ustiga qurilgan, huddi poyezd bekatlaridek...
Ayrim insonlarga qaysi bekat qulay bo‘lsa shundan foydalanadi, keyinchalik boshqa qulay bekatlarni qidira boshlaydi...

Xayrli tun yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog
SIZ QAYSI OYDA TUG`ULGANSIZ
Oy bo’yicha malumotlar
Agar sizning sevgan yoringiz (qizlar uchun) :
Yanvar – oyida tug’ilgan bo’lsa aqilli va go’zal bo’ladi
Fevral – yaxshi va mehribon
Mart – chiroyli ammo jahldor
Aprel – o’ziga ishongan
May – ahmoq
Iyun – rostgo’y va mehribon
Iyul – rashkchi
Avgust – go’zal va bosiq
Sentyabr – achchiqli
Oktyabr – ishyoqmas, o’zini ko’rsatadigan
Noyabr – vafodor
Dekabr – chiroyli ammo gerdaygan
Yigitlar diqqat qiling, endi siz sevgan qizingiz harakteri haqida ma’lumot oling:
Yanvar – yomon
Fevral – ko’p o’ylamaydigan biroq aqilli
Mart – yaxshi
Aprel – do’stlarini yaxshi ko’radigan
May – bosiq, og’ir tabiat
Iyun – mustaqil inson
Iyul – rashkchi biroq hayotta juda mehribon hamda vafodor insonlar toifasiga kiradilar
Avgust – rashkchi va chiroyli
Sentyabr – ochiq ko’ngil va vafodor
Oktyabr – aqilli
Noyabr – sevgidan azob chekuvchi inson
Dekabr – go’zal va yaxshi

👉@yordamchi_psixolog
Xotinimga "Yetkaza olmayapman, xarajatni kamaytirishimiz kerak" desam, "Yo‘q dadasi, daromadni ko‘paytirishingiz kerak" deydi.

P. S: Ha, bu juda mantiqan har kim o‘zining yo‘li bilan yechim izlaydi. Biringiz xarajatni kamaytirishni boshqarasiz ikkinchingiz daromadni oshirishni. asosiysi ikkala yo‘l ham natijaga olib kelishi mumkin

👉@yordamchi_psixolog
#bugun

11-yanvar – Xalqaro rahmat aytish kuni

Maʼlumotlarga koʻra, Xalqaro rahmat aytish kuni BMT va YUNESKOning hamkorlikdagi tashabbusi asosida taʼsis etilgan.
Bu sanada tashkilotchilar odamlarni biri-biridan iliq soʻzlarni ayamaslikka, yaqinlari va doʻstlarigagina emas, balki oʻzgalarga ham har bir narsa uchun minnatdorchilik bildirishga chaqiradi.

Biz ham oʻz navbatida, @yordamchi_psixolog kanalini tanlaganingiz uchun sizga rahmat aytamiz.

👉@yordamchi_psixolog
Bir kishi aytadi: "Bir kuni men boltamni yo‘qotib qo‘ydim. Menga qo‘shnim boltani o‘g‘irlagandek tuyuldi. Gumonimni tasdiqlash uchun uni diqqat bilan kuzatdim. Uning yurishi xuddi boltamni o‘g‘irlagan odamning yurishiday ko‘rindi. Gapirish tarzi ham, hamma harakatlari boltamni o‘g‘irlagan kishining harakatidek tuyulaverdi.

O‘sha kecha bolta qayg‘usida uyqum kelmadi, tuni bilan uyg‘oq qolib, qo‘shnimni o‘g‘ri ekanligini qanday qilib aniqlasam ekan, deb o‘ylanib chiqdim. Erta tongda tursam boltam topilib qoldi. Kichik o‘g‘lim boltani ustiga po‘stinni tashlab qo‘ygan ekan. Keyin qo‘shnimga qarasam, u boltamni o‘g‘irlagan odamga o‘xshamay qoldi. Na yurishi, na gapirishi, na boshqa hatti-harakatlari boltani o‘g‘irlagan kishinikiga o‘xshamaydi. U ko‘zimga butunlay beayb, begunoh odam bo‘lib ko‘rindi.

Shundagina tushundimki, aslida mening o‘zim o‘g‘ri ekanman. Qo‘shnimning beozorligi va ishonchini o‘g‘irlab, uning sha’niga dog‘ tushirdim. Qolaversa, o‘z hayotimdan bir kechani o‘g‘irladim, uni begunoh odamni ayblash yo‘lini axtarish bilan o‘tkazdim.

Ichidan bulg‘angan odam atrofida toza, begunoh insonlar borligini tushunib yetmas ekan...

👉@yordamchi_psixolog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qishning yana bir sovuq lekin omonat
va o‘tginchi kuni muborak bo‘lsin...
Bu dunyoda hech qaysi xolatdan maxzun bo‘lmang Olloh kim nimaga loyiq bo‘lsa
shu kunni beradi...

Har nedan baxt toping, quvonch toping to foniy hayot tugab asl yurtimizga ketgunimizcha ilm, ibodat, muhabbat bilan yashang...
Sizni yaxshi ko‘radiganlar ko‘p, yomon ko‘radiganlar sanoqli...
Ular ham sizdek bo‘lolmaganidan yomon ko‘rishadi..

Siz o‘zingizga yoqadigan va sizni yoqtiradiganlar bilan suhbat qiling...

Xayrli tong yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog
Ba’zida mana shunday sokin joylarni qo‘msaydi ko‘ngil..

Xayrli tun yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayollar pulsiz qolmasin!

"O‘g‘il bolani to‘qchilik buzadi, qiz bolani yo‘qchilik" Bu maqolni eshitgan bo‘lsangiz kerak.

👉@yordamchi_psixolog
PSIXOLOGLAR KERAK
Kimga qanday bilmadim ammo bu go'dakni yig'isiga yuraklar ezilib ketdi.Jamiyatimizga har hil lavozim,shtatlardan ko'ra psixolog kerak.Men psixolog deganda trenerchilarnimas,sidqidildan inson bilan gaplashib,uni dardini oladigan insonni aytyapman.Imkon bo'lsa har bir mahallaga 1 tadan tashkillash kerak.Va bu psixologlar o'rganish kerak,kim sog'lom,kim ruhiy xasta yana kimni o'z joniga yoki kimnidir xayotiga qasd qilgudek holati bor.Bu bolani o'ldirgan qotilni ham surishtirsangiz oilasi nosog'lom,qiyinchilik ko'rgan,eri tashlab ketgan bo'lib chiqadi.Meni bu fikrimga ko'pchilik qo'shiladi deb o'ylayman
❗️TOSHKENT VILOYATIDA 4 YASHAR QIZCHANI ONASI KALTAKLAB O'LDIRIB QO'YDI
Toshkent viloyati CHirchiq shahrida ona 4 yoshli qizini ayovsiz kaltaklagani va og'ir tan jarohati yetkazgan. Qizcha 7 yanvar kuni vafot etdi.
Holatga aniqlik kiritish maqsadida hozirda tergov jarayoni davom etmoqda va yakuniy xulosa sud tomonidan beriladi.
(Maqola internet sahifalaridan olindi)
👉@yordamchi_psixolog
Odamlarning o‘zini yurish turishiga qarab, qanday odam ekanligini ajratib oling!

- Baxtsiz odam ko‘p uxlaydi.
- O‘zini ich-ichidan yolg‘iz his qilgan odam ko‘p kuladi.
- Boshqalarga yordamga tez chopadigan odamlarni ichida ko‘p dardi bo‘ladi.
- O‘ziga ishonmaydigan odamlar ko‘p yolg‘on gapiradi.
- Boshqalardan ajralib turishni istaydigan odamlar ko‘pincha yoshligida kam e’tibor ko‘rgan.
- Agressiv odamlarni ichida ko‘p dardi va og‘rig‘i bo‘ladi.
- Eng kuchli odamlar katta-kichik davralarda juda kam gapiradi.

👉@yordamchi_psixolog
Tabassum ~ evaziga hech narsa talab qilinmaydigan sovg‘a.
Qani menga sovg‘angiz?!

👉@yordamchi_psixolog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Har bir zulmatning ortida nur, har bir tunning ortida tong va har bir sabrning ortida xursandchilik bordir.

Bu o‘sha tongni kutayotganlar uchun, sabr ahlidan bo‘lganlar uchun juda chiroyli taskindir.
Mana bir tun bag‘rini yorib tong otganini ko‘rdingiz demakki, umrning qorong‘u yo‘laklaridan so‘ng, yorug‘likka ochiluvchi eshiklarini ham albatta topasiz...

Demak umid qilamiz.
Inshaolloh hammasi ko‘ngilgidan ham a’lo bo‘ladi. Hali juda ko‘p quvonchli kunlar keladi.

Xayrli tong yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog
Ism kuchi.

Insonlar o‘z ismini eshitganida jamiyatdagi o‘rnini va mavjudligini his etishadi. Bu narsa unga faxr bag‘ishlaydi. Masalan biror tantana yoki musobaqada o‘zingizni ismingiz yangrasa bu qanchalik faxr. Insonlarni hamisha ismi bilan ayniqsa ismini go‘zal talaffuzda chaqiring. Natijada u sizni qattiq eslab qoladi va alohida mehr qo‘yadi.

👉@yordamchi_psixolog
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily