5 kunda 5 ta hokim o‘rinbosarining fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi🔼Yakkasaroy tumanida besh kun davomida tuman hokimining beshta hokim o‘rinbosarining fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.📱 Bu uchrashuvlar davlat hokimiyati organlari va xalq o‘rtasida ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholining kundalik hayotida uchrayotgan muammolarni o‘rganish va ularni samarali hal etishga qaratilgan muhim qadamlardandir.
✨ Qabul jarayonida fuqarolar turli sohalardagi muammolarni ko‘tarib chiqishdi, jumladan, ijtimoiy ta’minot, uy-joy, infratuzilma, sog‘liqni saqlash, ta’lim va ish bilan ta’minlash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
🔼 Har bir murojaatga alohida yondashuv ko‘rsatilib, tegishli mas’ullarga vazifalar yuklatildi hamda muammolarni tezkor hal qilish uchun belgilangan muddatlar belgilandi.
👍 Ushbu fuqarolar qabuli hokimiyat va aholi o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash, davlat xizmatlarining shaffofligi va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu kabi uchrashuvlar, aholining ehtiyoj va talablarini bevosita o‘rganish uchun muhim vosita bo‘lib, barqaror rivojlanish yo‘lida amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqishga imkon beradi.
✨ Hokim o‘rinbosarlarining faolligi hamda ularning murojaatlarni tinglashga tayyor ekanliklari nafaqat fuqarolarga, balki davlat hokimiyati tizimiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
➡️ Bunday ochiq muloqotlar aholi turmush sifatini yaxshilashga va umumiy ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlardir.
✍️Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati